Joriy yilning 1-7 dekabr kunlari Tailandning Nakxon Ratchasima shahrida “World Abilitysport-2024” yoshlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Para sportning to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladigan mazkur o‘yinlar Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi tomonidan 2015 yildan beri o‘tkazib kelinadi.  

"Los-Anjeles-2028" Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lgan bu galgi “World Abilitysport-2024” musobaqalarida dunyoning ko‘plab davlatlaridan Tailandga yetib kelgan matonatli sportchilar para yengil atletika, bochcha, para pauerlifting va para stol tennisi bahslarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.  

2024 yilning so‘nggi yirik kompleks para sport o‘yini sanalgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekistonning para yengil atletika hamda para pauerlifting bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari vatanimiz sharafini himoya qiladi.  

Kecha 27 nafar sportchi va murabbiylardan iborat O‘zbekiston sport delegatsiyasi ushbu o‘yinlarda ishtirok etish uchun Tailandga jo‘nab ketdi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli sportchilarimiz “World Abilitysport-2024”da qatnashmoqda