INNO o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan musobaqa o‘tkazildi. An’anaviy tarzda tashkil etilgan “Xotin-qizlar kubogi” turnirida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan sportchilar shaxmat hamda parastol tennisi bo‘yicha o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoalari a’zolarining 40 foizini ayollar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqalar yurtimizda nogironligi bo‘lgan ayollar o‘rtasida Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish, yangi nomlarni kashf etish hamda nozik xilqat vakillarini ko‘proq sportga jalb qilishni maqsad qilgan. 

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida “Matonat marafoni” ham o‘tkazildi. Unda o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar musobaqa ishtirokchilariga o‘zlarining muvaffaqiyat yo‘llari haqida so‘zlab berishdi. Nogironligi bor insonlarning qo‘l mehnati asosida tayyorlangan ko‘rgazma ham ishtirokchilarni befarq qoldirmadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wRGTyScBu20" title="Matonatli sportchilar bahsi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- Tadbirni o‘tkazishdan maqsadimiz xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularga teng imkoniyatlar yaratish, bugungi kunda sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini amalda namoyish etishdan iborat,  - deydi Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zarifa Iskandarova. – Respublikaning barcha hududlaridan kelgan nogironligi  bor qizlarimiz shaxmat, parastol tennisi bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi. Mahallalardan uy bekalarini taklif qildik va ularga nogironlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini namuna sifatida ko‘rsatdik. 

Musobaqa yakunida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli sportchilar baxsi (+video)