Matonat sohibasi
FOTOREPORTAJ
Hayotda insonni yuksaltiradigan eng katta kuch – bu qat’iyat va o‘ziga bo‘lgan ishonchdir. Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi Zarina Nuraliyeva ana shu ishonchning yorqin timsolidir.
1999-yilda tug‘ilgan Zarina Nuraliyeva I-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, hayot sinovlari qarshisida taslim bo‘lmagan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil qadam tashlagan matonat sohibalaridan.
[gallery-29828]
Bugungi kunda Zarina o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan Denov tumanidagi Oxunboboyev mahallasida joylashgan 88-maktabning inklyuziv sinfida maxsus pedagog sifatida faoliyat yuritmoqda. U o‘z kasbi orqali nafaqat ishli bo‘ldi, balki o‘quvchilarning qalbiga yo‘l topib, ularning hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar yasashga erishayotir. Ayniqsa, uning inklyuziv ta’lim tizimidagi faoliyati alohida e’tiborga loyiq.
Zarina bolalarga bilim berish bilan birga, ularga ishonch, motivatsiya va hayotga bo‘lgan umidni ham ulashmoqda. U insonda iroda, sabr va mehnat bo‘lsa, har qanday to‘siqni yengish, orzular sari dadil intilish mumkinligini o‘z faoliyati bilan isbotlamoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA