Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarjimon, shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 77 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari, taniqli shoir va yozuvchilar, ijodkorlar, filologiya va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, adabiy merosi, shuningdek, insoniy fazilatlari, to‘g‘ri so‘z, halol va bag‘rikeng inson bo‘lganligini e’tirof etishdi.

Xotira kechasi yorqin xotiralarga, jo‘shqin raqslarga, mazmunli sahna ko‘rinishlariga boy bo‘ldi.  Ushbu tadbir shoir ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi bo‘lib, uning o‘lmas asarlari yana bir bor yodga olindi.

Tadbir yakunida filologiya va san’at fakulteti dekani, professor Dilshod G‘ayipov so‘zga chiqib, Matnazar Abdulhakimning buyuk inson, kamtarin ijodkor bo‘lgani haqida gapirdi.  

–O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir, tarjimon va publitsist Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlog‘ida tug‘ilgan. Adib o‘zi tug‘ilib o‘sgan  Xorazmda yashab  ijod qildi, – deydi  D.G‘ayipov. –Xorazm qadimdan shoirlar, ijodkorlar vatani bo‘lib kelgan. O‘zidan ezgu nom va bezavol ijodiy meros qoldirgan Matnazar aka kabi o‘zbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan ko‘hna vohaning zabardast shoirlari xotirasi doimo yoshlar qalbida mangu yashaydi.

[gallery-21885]

Tadbir yakunida Matnazar Abdulhakim, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Omon Matjon tavallud sanalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovlarning g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matnazar Abdulhakim ijodi barhayot