Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida «Matbuot - haqqoniy axborot manbai» mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bu haqida Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi xabar bermoqda.

Tadbirda «Ishonch» gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab va Toshkent shahar, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdi. Tadbirni «Bilim» AKM direktori H.Karimova ochib, ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.  

«Ishonch» gazetasi bosh muharriri H.Ermatov gazetaning bugungi kunda olib borayotgan vazifalari va kasaba uyushma faoliyati yuzasidan kengroq ma’lumotlar berdi. Davron Rajab hozirgi zamon davriy nashrlarning olib borayotgan faoliyati haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tar ekan, davriy nashrlarda haqqoniylikning ochiq-oydin yoritilishida oqsoqlikka uchrayotganini bildirib o‘tdi.  

Suhbat davomida tuman va shahar AKM mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib kerakli javoblarni olishdi. 

Shahar AKM mutaxassislari o‘z sohalaridan kelib chiqqan holda, takliflarini bayon qildi. H.Ermatov bildirilgan takliflarga ijobiy yordam berish istagini bildirdi. Davra suhbati qizg‘in va munozaralarga boy bo‘ldi.  

Kelajakda yana shunday davra suhbatlarini davom ettirishga kelishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Matbuot - haqqoniy axborot manbai»