27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Guliston davlat universitetida ijodiy muloqot va tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda mehmonlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir avvalida GulDU rektori, professor Muhsinjon Xodjiyev so‘zga chiqib, universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va ichki imkoniyatlarni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shu bilan birga, ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati 52 foizga yetgani, ta’lim yo‘nalishlari soni 62 tani tashkil etayotgani va 15 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgani qayd etildi. Turkiya, Rossiya, Malayziya va Xitoy kabi davlatlarning yetakchi oliygohlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari haqida ham aniq misollar keltirildi.

Guliston davlat universitetining ommaviy axborot vositalariga nisbatan samimiy va ochiq munosabati alohida e’tirofga loyiq. Universitetning jurnalistlarga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori va qadrlashi bugungi tadbirda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Uchrashuvda “Yangi Sirdaryo” gazetasi bo‘lim mudiri Muhammadali Ahmad, “Xalq so‘zi” gazetasining viloyatdagi muxbiri Ahmadali Shernazarov  va boshqalar so‘zga chiqib, universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorlik izhor etishdi. Shuningdek, ular ta’lim maskani bilan ijodiy hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

– Bugungi tadbir universitetning ommaviy axborot vositalarini haqiqiy hamkor sifatida ko‘rayotganidan dalolat beradi. Bu oliygoh nafaqat kadrlar tayyorlaydigan muassasa, balki jamiyatning axborot maydonida ham o‘z salohiyatini namoyon etayotgan ilmiy va ma’naviy markazga aylanmoqda. Bizga bo‘lgan samimiy munosabat, ochiq muloqot va universitetda kuzatilgan taraqqiyot jarayonlari bizda ijobiy taassurot qoldirdi, – dedi “Xalq so‘zi” gazetasining Sirdaryo viloyatidagi muxbiri Ahmadali Shernazarov.

Tadbir doirasida OAV vakillari universitetdagi zamonaviy o‘quv va ilmiy muhit, talabalarning ijodiy faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar hamda professor-o‘qituvchilar jamoasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir Guliston davlat universiteti bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi yangilanish va yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot bayrami oldidan tantanali tadbir o‘tkazildi