O‘zbekistondagi ochiqlik ilgari anchayin yopiq bo‘lgan idoralarga ham yetib keldi. Kuch ishlatar tizim rahbarlarining jurnalistlar va blogerlar qarshisiga chiqib ochiq-oydin muloqot qilganini ilgari eshitmagansiz ham. Endi esa...
Farg‘onada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikromov navbatdagi matbuot anjumanini o‘tkazar ekan, bugungi uchrashuv savollaringiz tugaguncha davom etadi, deya e’lon qildi. Darhaqiqat, jurnalist va blogerlarda savollar oz emasdi. Ammo general ularning har biriga batafsil javob berdi.


Farg‘ona viloyati kriminogen, ya’ni jinoyat soni va turi oshib borayotgan hududga aylanib qolgandi. So‘nggi yillarda esa amalga oshrilgan dasturlar, ish uslubidagi yangiliklar, rahbar talabchanligi va izchilligi tufayli og‘ir jinoyatlar 16, yengil tan jarohati 21, oilaviy maishiy zo‘ravonlik 37, talonchilik 45, bosqinchilik 33 foizga kamaydi. Yoshlar, ayollar, voyaga yetmaganlar, muqaddam sudlanganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik esa 22-28 foizga qisqardi. Bu raqamlarga erishish oson bo‘lmadi, albatta. Ichki ishlar tizimi xodimlaridagi malaka o‘sishi Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish tufayli edi.

–Viloyatimiz hududidagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlar oldini olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan, – deydi Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikromov. – Ta’kidlash joizki, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning mart oyi yakunida viloyatda qayd etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 140 ta, mahalla hududida esa sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 75 taga kamaydi.

Shu davrda viloyat hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar har yuz ming aholi soniga 24,2 tadan to‘g‘ri kelib, o‘tgan yil shu davri ko‘rsatkichiga nisbatan 14 foizga, mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar har 100 ming aholiga 14,3tadan to‘g‘ri kelib, o‘tgan yil shu davri ko‘rsatkichiga nisbatan 2,1 taga yaxshilandi.
To‘g‘ri, hali qilinishi lozim ishlar talaygina. Ammo general jurnalistlarga kutilmagan murojaat bilan chiqdi.

– Kelinglar, birgalashib ishlaylik, sizlar uchun har doim eshigim ochiq, joylardagi muammolarni hal etishda hamkorlikka tayyormiz, – dedi u. – IIB jamoatchilik kengashi tarkibini qayta ko‘rib chiqamiz, unga faol jurnalistlarni ham kiritamiz.
Matbuot anjumanidagi samimiyatdan ruhlangan jurnalist va blogerlar viloyatda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan takliflar kiritdilar.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/UYeZKA8l8EM" title="Matbuot anjumani: general jurnalistlarni hamkorlikka chorladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Keskin savollar, tanqidlar ham bo‘ldi, albatta. Lekin ochiqlik, bir-birini tushunish tufayli Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan bo‘lgan matbuot anjumani “xalq va ichki ishlar organlari – bir tanu, bir jon” tamoyiliga hamohang o‘tdi.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat, video), O‘zA