Parlament quyi palatasi majlisida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha yuzasidan Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov batafsil ma’lumot berdi:

— Mamlakatamizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayoni amaldagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunni yanada takomillashtirish va bu borada zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etishni taqozo etmoqda. Xususan, amaldagi qonunchilikda jamiyat ishtirokchilarining korporativ shartnomalar tuzish huquqi, jamiyatning filiali va vakolatxonalarini ochish tartibi, jamiyat ishtirokchilarining o‘rtasidagi nizoli vaziyatni hal etishning muqobil usullari mediatsiya yoki hakamlik sudi tartibida hal etish masalalari yetarlicha belgilanmagan.  

Shuningdek, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolarini saylash va kuzatuv kengashi qarorlarini qabul qilish hamda jamiyatni boshqaruvchi ijro organlari majburiyatlariga doir ayrim huquqiy bo‘shliqlar va noaniqliklar mavjud. Shulardan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasida jamiyat nafaqat litsenziya, balki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar va xabardor qilish tartibida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinligi, shuningdek, jamiyatlarning filial va vakolatxonalarini ochish tartiblari belgilanmoqda.  

Jamiyat boshqaruvida minoritar ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishga doir hamda jamiyat majoritar ishtirokchilarga oid yangi huquqiy normalar belgilanmoqda. Shu bilan birga, jamiyatning afillangan shaxslari, ular bilan bitimlar tuzish, ushbu bitimlar bo‘yicha nizolarni hal etish hamda jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari va jamiyat boshqaruvi organlarining fuditsiar javobgarligiga oid yangi huquqiy normalar aks etmoqda.  

Loyihada jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilish tartibi hamda jamiyat boshqaruv organlarining va kuzatuv kengashi majburiyatlariga doir yangi normalar bilan to‘ldirilishi jamiyatni boshqarish tizimini yanada takomillashtirilishiga xizmat qiladi.  

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida normalar yanada aniqlashtirildi, mavjud huquqiy bo‘shliqlar to‘ldirildi.  Rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Polsha, shu bilan birga, qo‘shni davlatlar tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, fraksiyalar tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib, moddalarda aks ettirildi, — dedi Sharofiddin Nazarov.  

Muhokamalarda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Loyiha ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar vakolatxonalarini ochish tartiblari belgilanmoqda