Mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, har bir fuqaroning hayoti va sog‘ligini asrash davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, transport vositalarini mast holda boshqarish holatlari hanuz kun tartibidan tushmayotgani tashvishli holatdir. Bu kabi qoidabuzarliklar nafaqat ma’muriy, balki jinoiy oqibatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131 va 136-moddalarida transport vositalarini alkogolli ichimlik yoki giyohvand moddalar ta’sirida boshqarish holatlari uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.

2025 yil 20 fevralda qabul qilingan O‘RQ–1033-son qonun bilan mazkur moddalarga o‘zgartishlar kiritilib, jazo choralari yanada kuchaytirildi. Endi mast holda transport boshqargan haydovchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki uch yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi. Agar bu huquqbuzarlikni haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxs sodir etsa, u ellik baravar miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

Qashqadaryo viloyatida 2024 yil davomida mazkur modda bilan javobgarlikka tortilganlar soni 1697 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida bu ko‘rsatkich 1392 nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun 2025 yilning to‘qqiz oyida 260 shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga o‘sgan.

Joriy yilda ma’muriy javobgarlikka tortilgan 1392 haydovchidan 1157 nafariga jarima, shularning 980 nafariga haydovchilik huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan. 235 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Ular orasida 15 nafar ayol, 71 nafar 60 yoshdan oshgan shaxs hamda 148 nafar chet el fuqarosi bor.

MJtKning 136-moddasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan 260 shaxsdan 225 nafariga jarima, 35 nafariga ma’muriy qamoq jazolari qo‘llanildi.

Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha murosasiz pozitsiyani saqlab qolgan holda, jazo muqarrarligini ta’minlab kelmoqda. Bu esa kelgusida mast holda transport boshqarish holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Har bir haydovchi qonun talablariga qat’iy rioya etishi, o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymasligi lozim. Yo‘ldagi mas’uliyat faqat shaxsiy emas, balki jamiyat oldidagi burch hamdir.

O‘. Mamadaliyev,

Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mast haydovchi – yo‘ldagi tahdid