Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng Amerika yetakchisining istagiga javoban unga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.

– Xuddi shunday, – deya izohladi Mask ijtimoiy tarmoq sahifasida Trampning 6 iyun kuni Oq uy matbuot markazida jurnalistlar bilan suhbat chog‘i aytgan bayonotini. – Unga faqat eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

5 iyun kuni Tramp va Mask ijtimoiy tarmoqda o‘zaro keskin chiqishlar bilan almashdi. Milliarder fikricha, uning yordamisiz Tramp 2024 yil noyabrdagi saylovda g‘alaba qozonolmasdi. U Trampga impichment e’lon qilish g‘oyasini ma’qullab, Oq uy tomonidan hukumat xarajatini kamaytirish maqsadida Prezident tomonidan kiritilgan import boji bo‘yicha qonun loyihasini tanqid qildi va 2025 yil ikkinchi yarmida Amerika iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishini bashorat qildi.

Tramp, o‘z navbatida, Mask o‘ziga yuklatilgan vazifani ado etishi lozimligini ta’kidladi.

ABC telekompaniyasining telefon orqali intervyu berish murojaatiga Tramp Maskni nazarda tutib, “Aqldan ozgan yigit haqida gapiryapsizmi?” deya javob bergan. Shuningdek, yetakchi o‘zining "Tesla" mashinasidan xalos bo‘lish niyatini ham oshkor qildi.

Oq uy rasmiysi nashrga Trampning qizil rangli "Tesla"si “sotilishi yoki sovg‘a qilinishi mumkinligi”ni tasdiqladi.

Tramp ijtimoiy tarmoqda "Men Ilon haqida o‘ylamayman ham, u bechoraning muammolari bor" dedi.

– Men Mask bilan bir lahza ham gaplashmoqchi emasman, lekin unga yaxshilik tilayman, – dedi Donald milliarderning 2026 yilgi byudjet loyihasi yuzasidan uni tanqid qilganidan “juda hafsalasi pir” ekanini bildirarkan.

AQSH rahbari so‘nggi kunlarda Maskning kompaniyalari, jumladan "SpaceX" bilan hukumat shartnomasi va barcha subsidiyalar bekor qilinishi bilan bog‘liq tahdidlarni ham kuchaytirdi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask Trampga eng yaxshi tilaklarini bildirdi