Mask ilk trillionerga aylandi
“SpaceX” asoschisi Ilon Mask tarixda trillion dollar topgan birinchi shaxsga aylandi. Uning boyligi o‘sishi kompaniyasi rekord darajadagi IPO amalga oshirishi bilan bog‘liq.
Aksiya davomida kompaniya 555,56 million aksiyani sotuvga chiqardi va har bir aksiya uchun 135 dollardan oldi. Natijada 75 milliard dollar yig‘ildi. Bu AQSH tarixida bozorga chiqarilgan eng yirik birlamchi ommaviy taklifdir.
Savdodan so‘ng koinot texnologiyasi, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va sun’iy intellekt sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mazkur korxona qiymati 1,77 trillion dollarga ko‘tarildi.
Oldingi rekord “Saudi Aramco” kompaniyasiga tegishli edi. 2019-yil 1,71 trillion dollarlik kapitalga baholangan ushbu kompaniya bir yo‘la 25,6 milliard dollar to‘plagan.
S.Rahimov, O‘zA