Amerikalik milliarder Ilon Mask boj bo‘yicha yangi tariflar joriy etilishi va hukumatni o‘zgartirishga urinishda uning ta’siri borliga haqida keng tarqalgan xavotirlar asnosida chetga chiqmoqchiligini bildirdi.

Qolaversa, u savdosi va daromadi keskin pasaygan Tesla elektr avtomobil kompaniyasini boshqarishga ko‘proq e’tibor qaratishni rejalashtirayotganini ham aytdi. Bu haqda “Politico” yozdi.

Zero, 2025 yil birinchi chorakda Teslaning avtomobil sotuvidan yiqqan umumiy mablag‘i 20 foiz, sof daromadi esa hayratlanarli darajada – 71 foiz kamaygan.

Sarmoyadorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Mask shunday dedi:

– Kelgusi oydan boshlab ko‘proq vaqtimni jamoamga bag‘ishlayman, Prezident Donald Tramp xohlaganidek, hukumat ishlariga bir yoki ikki kun ajrataman.

Kecha kechqurungi ma’lumotga ko‘ra, Teslaning umumiy daromadi 19,3 milliard dollar tushib, o‘tgan yil birinchi choraka nisbatan 9 foizga pasaydi. Bunday keskin qulash qisman avtomobil yetkazib berish qisqarishi va narx tushishi bilan bog‘liq.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Mask hozir butun dunyoni qiynayotgan soliq siyosatiga to‘liq qarshiligini aytgan:

– Ko‘p bor pastroq tarif farovonlik uchun yaxshi g‘oya ekanini ta’kidlaganman, lekin bu qaror birinchi navbatda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti, xalq saylagan vakilga bog‘liq. Men esa yuqori emas, balki pastroq me’yorlarni himoya qilishda davom etaman. Qo‘limdan keladigani hozircha shu.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask hukumatdan uzoqlashmoqchi