YUKSAK MAHORAT NAMUNASI

O‘zbek romanchiligi asoschilaridan biri Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kunga 130-yil to‘ldi. U Julqunboy taxallusi bilan asarlar yaratgan. Otasi Qodirbobo xonlar mahkamasida sarbozlik vazifasini ado etgan edi.

Atoqli adibning hayot yo‘li quvonch va alamlarga to‘la bo‘ldi.1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan yozuvchi yoshligidanoq ilm olishga qiziqdi. Dastlab 1904-1906-yillarda musulmon maktabida bilim oldi.Shundan so‘ng 1908-1912-yillarda rus-tuzem maktabida savodini chiqardi. Bu bilan ham kifoyalanib qolmasdan 1916-1917-yillarda Abulqosim shayx madrasasida ilm olganligi uning tafakkurini ancha kengaytirdi. 1924-1925-yillar mobaynida V.Ya.Bryusov nomidagi adabiy kurslarda tahsil olganligi uning dunyoqarashini ancha o‘zgartirib yubordi. Adibning Moskvada kechgan ikki yillik hayoti rus tilini o‘rganishida, rus klassik adabiyotini mutolaa qilishida va ularning mahorat sirlarini o‘rganishida muhim bosqich bo‘ldi.

Yozuvchi gazetalarga maqolalar yuborib turdi.Uning dastlabki xabari bundan 110-yil avval yozilgan “Yangi masjid va madrasa” deb nomlanadi.”Sadoi Turkiston” gazetasida chop etilgan bu material jurnalistik faoliyatining dastlabkisi bo‘ldi. Uning jami yozgan xabarlar-u publitsistik materiallari soni 300 tadan oshib ketgan edi.

U “Mushtum” jurnalining asoschilaridan biri hamda tahrir hay’atining a’zosi bo‘lganligini alohida ta’kidlash kerak. Negaki adib dastlabki tanqidiy va satirik materiallari hamda hikoyalarini shu jurnal sahifalarida e’lon qilganligi sir emas. Yozuvchining satirasi haqida gap ketganda, “Kalvak mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydir” singari asarlari yodga tushadi, ular jamiyat hayotida uchraydigan ayrim illatlarni ayovsiz fosh qilganligi jihatdan ham ahamiyatlidir. “Mushtum” jurnalida adibning “Yig‘indi gaplar” asari e’lon qilingach, katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.Chunki unda o‘sha davrning dolzarb muammolari dadillik va jasurlik bilan ko‘tarib chiqilgan edi. Hatto ma’murlar yozuvchini hibsga olishgachgina ko‘ngillari joyiga tushdilar.

Mashhur ijodkor ilk asarlari chop etilishi bilanoq el nazariga tushdi. Ayniqsa,”Millatimga”, “Fikr aylagil”,”Ahvolimiz”, “To‘y” kabi o‘nlab she’rlari badiiy jithatdan pishiqligi, ijodkor dilidagi dard-u iztiroblar aks etganligi tufayli o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Abdulla Qodiriy o‘zida shoirlik mahorati ham borligini amalda isbotladi.

O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,

Na xudoni buyrug‘i bo‘lgan ulum o‘rgotamiz.

Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushub vaqtda,

O‘ntadin bedona boqib yoz-u qish sayrotamiz.

Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,

Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.

Qarimiz, boyonimiz balki bu vaqt oqvondamiz,

Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.

Yoshlik yillarida o‘z mahoratini kichik janr – hikoyachilikda sinab ko‘rdi. Xususan, “Juvonboz”, “Tinch ish”, “Diyori bakr” asarlari shu jihatdan maqtovga molik. Personajlar xatti-harakatlari, ularning ruhiy olami ko‘ngildagidek tasvirlanganligi tufayli hikoyalari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Adib hatto dramaturgiya sohasida ham qalamini qayradi.Uning “Baxtsiz kuyov” dramatik asari muxlislarga manzur bo‘ldi.

Yozuvchiga katta shuhrat keltirgan asarlardan biri “O‘tgan kunlar” romani hisoblanadi. Adib uni yaratish uchun uch yil davomida mashaqqatli ijodiy mehnat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Undagi Otabek, Yusufbek hoji, Kumush, Zaynab obrazlari xarakterlari mohirona ochib berilgan.

Muallif hatto dialoglardan ham samarali foydalangan. Adibning tasvirlash mahorati har jihatdan maqtovga molikdir. ”Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar. Bu ikki kishining bittasi gavdasi kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq o‘g‘lidir, ikkinchisi uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham , lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay “Homid xotinboz” deb shuhratlangan , kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda, uning otig‘a taqilgan laqabni qo‘shib aytmasalar, yolg‘iz “Homidboy” deyish ila uni tanita olmaydirlar.Homidning Otabek bilan tanishlig‘i bo‘lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh-Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi”. 

Ana shu roman asosida suratga olingan filmni muxlislar hamon sevib tomosha qilmoqdalar. Kino yaratilishida rejissyor Yo‘ldosh A’zamovning hissasi juda katta. Ulug‘ ijodkorning 1929-yilda yozgan “Mehrobdan chayon” romani hamda 1934-yilda yaratgan “Obid ketmon” qissasi ham adib ijodiy faoliyatida katta iz qoldirgan asarlardir. Ularda muhim mavzular qalamga olingan. Yozuvchi g‘oyaviy niyatini amalga oshirish uchun badiiy vositalardan ustalik bilan foydalangan. ”Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar va Ra’no obrazlari hayotiy va tabiiyligi tufayli kitobxonda mehr uyg‘otadi. Asar tili ham maqtaydigan darajada yuksak ekanligini alohida e’tirof etish lozim.

Abdulla Qodiriyning tarjimonlik faoliyati ham ko‘plarga namuna bo‘larli darajada samarali ekanligini alohida qayd etish zarur. Rus tilini yaxshi bilganligi tarjima ishida ancha qo‘l keldi. A.P.Chexovning “Olchazor”, N.V.Gogolning “Uylanish” singari ajoyib asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Hatto u 1934-yilda “To‘la ruscha-o‘zbekcha lug‘at”ni tuzishda ham qatnashganligini alohida ta’kidlash kerak.

Atoqli adib 1937-yilning 31-dekabrida xalq dushmani deya nohaq ayblanib, hibsga olingan. Keyingi yili 4-oktyabrda esa otib tashlanganligi ulug‘ yozuvchiga nisbatan shafqatsizlik, ulkan adolatsizlik edi.

Buyuk ijodkor Stalin vafotidan uch yil o‘tgach, 1956-yilda oqlanganligi haqiqat asta-sekin qaror topayotganligini bildirar edi. Mashhur yozuvchi mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan bir necha yil o‘tib, “Mustaqillik” ordeniga sazovor bo‘lganligi ham ulug‘ adibga ehtiromimizning, ijodiy merosini qadrlashga hukumat darajasida e’tibor berila boshlanganligining yorqin misoli bo‘ldi.

Toshkentda Abdulla Qodiriyning uy- muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xondamir Qodiriy va izlanuvchan jurnalist Baxtiyor Haydarov muzeyga tashrif buyuruvchilar soni yanada ko‘payishi uchun kuch va g‘ayratlari, bilim va mahoratlarini ayamayaptilar.

1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Abdulla Qodiriy yubileyini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi. O‘shanda yozuvchining 100-yillik yubileyi tantanali nishonlandi. O‘rta va oliy o‘quv yurtlarida ham turli tadbirlar o‘tkazilganligi, asarlari targ‘ib qilinganligini alohida qayd etmoq zarur. Oradan o‘tgan o‘ttiz yil ichida ancha ishlar qilindi. Masalan, mashhur adibning asarlarini jahondagi ko‘plab mamlakatlarning kitobxonlari ham o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Darvoqe, Abdulla Qodiriyning romanlari har yili dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinayotganligi e’tiborga molikdir.

Jovli Xushboqov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning 130-yilligi