Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi uchun ushbu sohada investitsiya muhitini yaxshilash, kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida yondashuv talab qilinadi.
Bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikning o‘rni beqiyos, albatta. Xususan, bugun raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning "Marubeni" kompaniyasi vakili Takeshi Vatanabe bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.

Shuningdek, Yaponiya vakillariga O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi va investitsiya muhitini yaxshilash, IT eksport hajmini oshirish borasida takliflar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, sohaga oid zamonaviy kasblarning joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
"Marubeni" kompaniyasi bilan birga hamkorlikda IT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida kompaniya rahbari global korporatsiyalar bilan investitsiyalar, bank, konsalting va boshqa sohalardagi xalqaro hamkorlik katalizatoriga aylanadigan «Enterprise Uzbekistan» Raqamli texnologiyalar xalqaro markaziga qo‘shilishga ham qiziqish bildirgan.
M. MADAMINOVA,
O‘zA