Marokash terma jamoasi sardori Ashraf Hakimi zoʻrlash ishi boʻyicha sud oldida javob beradi
Futbolchi tomonining topshirgan apellyatsiyasi rad etildi va endilikda mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Fransiyaning "PSJ" klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi 2023-yilda sodir etilgan zoʻrlash jinoyati ishi boʻyicha sud oldida javob beradigan boʻldi.
Futbolchi tomonining topshirgan apellyatsiyasi rad etildi va endilikda mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Bu haqda Fransiyaning "RMC Sport" onlayn nashri xabar bermoqda. Taʼkidlanishicha, sud majlisiga Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ham guvoh sifatida chaqiriladi.
2023-yilda Hakimiga 24 yoshli qizni zoʻrlaganlik boʻyicha rasmiy ayblov eʼlon qilingan edi. Shundan soʻng u sud nazoratiga olingandi. Hozirda 27 yoshda boʻlgan Ashraf 2021-yildan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. U parijliklar tarkibida besh karra Fransiya chempioni boʻldi, ikki marta Fransiya kubogi, uch marta mamlakat Superkubogi va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritdi.