Bugun global geosiyosiy maydonda xalqaro hamkorlikning yangi modellari shakllanib borayotgan bir paytda yurtimiz o‘z tashqi siyosatida o‘zaro ishonch, do‘stona qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabatlari ayni jarayondagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Tarixiy, madaniy va ma’naviy jihatdan yaqin bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda faol rivojlanmoqda.

Ma’lumki, 24-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar chog‘i qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Shu tariqa davlatimiz rahbari tomonidan dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqalariga amalga oshirilayotgan qator tarixiy tashriflar majmuasi yana bir muhim siyosiy voqea bilan boyidi, deyish mumkin. Ko‘zda tutilgan reja va maqsadlar aloqalarni sezilarli darajada kuchaytirish istagini ifodalaydi.

O‘zA muxbiri mazkur tashrif yakunlari va Mo‘g‘uliston bilan strategik hamkorlik istiqboli xususida TDSHU Tahliliy tadqiqotlar markazi direktori Sayfiddin Jo‘rayevning fikrlari bilan qiziqdi.

– Ulan-Bator shahrida ikki davlat yetakchilari ishtirokida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha faol muloqot kechdi. Qayd etish joiz, uchrashuvlar chog‘i siyosiy diplomatik, savdo iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar almashinuvni faol davom ettirish e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tomonidan Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi tashrifning markaziy nuqtasi bo‘ldi.

Aytish o‘rinli, davlat rahbarlari huzurida imzolangan 5 muhim hujjat o‘zaro aloqalarning yangi bosqichida ikki yurt uchun istiqbolli va muhim ahamiyatga ega o‘zaro manfaatli munosabatlar boshlanganini tasdiqlaydi. Har ikki davlat manfaatiga asoslangan va tobora rivojlanib borayotgan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy, saonoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, foydali qazilma konlarini qidirish va o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirib, zamon talabi darajasiga olib chiqadi, yangi mexanizmlarni shaklantiradi va mustahkamlaydi.

Mazkur tarixiy tashrif O‘zbekiston Oliy Majlisi va Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xuralida faoliyat yuritayotgan parlamentlararo do‘stlik guruhlari faolligini oshirish orqali samarali muloqotni takomillashtirishga ko‘maklashadi.

Munosabatlar samaradorligini oshirishda idoralararo hamkorlik mexanizmi faoliyatini ta’minlash, siyosiy maslahatlashuv orqali ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash,  yondashuvlarni muvofiqlashtirish, kun tartibidagi turli sohalarga oid hamkorlikni kengaytirish uchun barqaror tashkiliy huquqiy asosni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joiz, o‘zaro munosabatlarda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi strategik manfaatlarga asoslangan hamkorlik qirralari chuqur hurmat va tarixiy madaniy yaqinlikka asoslangani kuzatildi. Umuman, keng qamrovli sheriklik tarixiy do‘stlik rishtasini mustahkamlab, hamkorlik tarixida yangi sahifa ochishi shubhasiz.

Ko‘plab rivojlangan xorijiy davlatlar va mintaqalarning muhim geografik va iqtisodiy mavqega ega Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib borayotgani barchamizga ma’lum. Shu ma’noda Mo‘g‘uliston ham O‘zbekistonga muhim savdo-iqtisodiy sherik sifatida qaraydi. Diyorimiz uchun ham Mo‘g‘uliston Shimoli-sharqiy Osiyo bilan siyosiy-iqtisodiy aloqani kengaytirishda muhim hamkor hisoblanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi siyosiy iroda, iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalar keng qamrovli hamkorlikni Markaziy va Sharqiy Osiyoda barqaror va o‘zaro manfaatli taraqqiyotning asosiy chizig‘iga aylantirish uchun zarur shart-sharoit, imkoniyat yaratadi.

O‘tkir Alimov yozib oldi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy va Sharqiy Osiyo barqarorligi yo‘lidagi sheriklik: O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tajribasi