Kecha, 7 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari savdo tartib-taomilini soddalashtirish bo‘yicha Milliy qo‘mitaning o‘ninchi mintaqaviy yig‘ilishi boshlandi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda savdo jarayonini yengillashtirish” bo‘yicha yangi loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda 20 yil davomida mintaqamizda savdoni osonlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari muhokama qilindi.

Anjumanda milliy qo‘mita vakillari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan davlat, xususiy sektor mutaxassislari, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi, diplomatik korpus vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Panel sessiyalarga ajratilgan tadbirda maslahat yordami ko‘rsatish orqali mintaqada savdoni osonlashtirish chora-tadbirlarini yaxshilashga qaratilgan loyiha istiqboli xususida fikr bildirildi. Chegara va tranzit jarayonida yukni nazorat qilish tartib-taomilini tezlashtirish, samaradorlik va shaffoflikni oshirishga alohida etibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda “Markaziy Osiyoda savdo jarayonini yengillashtirish” mintaqaviy loyihasi doirasida so‘nggi 20 yil davomida milliy davlat organlari bilan mustahkam hamkorlik tufayli 2022 yilda Markaziy Osiyo davlatlari ulushi umumiy tashqi savdo aylanmasining qariyb 15 foizini tashkil etgani aytildi.

Darhaqiqat, Markaziy Osiyo mamlakatlarida savdo jarayonini yengillashtirish sohasida davlat-xususiy aloqani rivojlantirish va mintaqada Savdo jarayonini yengillashtirish bo‘yicha Milliy qo‘mitalar tashkil etildi. Mintaqaning to‘rt davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda so‘nggi 3 yil ichida savdo jarayonini yengillashtirish, masalan, ichki va tashqi chegara bo‘lim hamkorligi, axborot olish imkoni, savdo hamjamiyati ishtirokining o‘rtacha ko‘rsatkichi 10 foizdan ko‘proq yaxshilangan.

– Germaniya hukumati va savdo tartib-tamoyilini soddalashtirish bo‘yicha Milliy qo‘mita deyarli 20 yildan buyon savdoni osonlashtirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, – dedi “Markaziy Osiyoda savdo jarayonini yengillashtirish” loyihasi menejeri Felicitas Zik. – Transchegaraviy savdo bir necha davlat ishtirokini talab qiladigan mavzu. 2019 yil qo‘mita mintaqaviy platformasini tashkil etish tashabbusi bilan MO iqtisodiy farovonligi va barqarorligi yo‘lida qator ishlar amalga oshirildi.

Uchrashuv chog‘ida, shuningdek, Markaziy Osiyoda savdoni osonlashtirish uchun raqamli yechimlarni xaritalash tahlili natijasi, ma’lumotlarni himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik masalasi ham ko‘rib chiqildi. Tadbirning asosiy qismi – transchegaraviy savdo ma’lumotlariga kirish uchun sun’iy intellektdan qanday foydalanish bo‘yicha sessiya bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-tamoyilini soddalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shukurullo Mo‘minov savdoni yengillashtirish sohasida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtaldi.

– Agar ilgari yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun 2-3 soat vaqt ketgan bo‘lsa, jarayon avtomatlashtirilishi natijasida endi bunga 2 daqiqa vaqt ketyapti. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati uch kundan bir ish kuniga qisqardi. Ilgari 2-3 kun davom etgan bojxona ko‘rigi endi 10-15 daqiqa davom etmoqda. Umuman, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayoni 1,7 barobar qisqardi, samaradorlik 1,3 barobar oshdi.

Mintaqaviy loyiha milliy hamkorlar bilan birga Markaziy Osiyoda savdoni osonlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladi. 2022 va 2004 yillardagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi bir necha barobar o‘sishini ko‘rsatadi: Qozog‘iston bilan – qariyb 11 barobar, Qirg‘iziston bilan – 18,5 barobar, Turkmaniston bilan – qariyb 6 barobar, Tojikiston bilan – qariyb 4 barobar.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/m-oIQiF3TzU?si=Jt42xYCh3-xF2Vv2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Yig‘ilish 8 noyabr kuni ham davom etadi. Turli mavzularga bag‘ishlangan panel sessiyalar davomida savdo, sanoat, iqtisodiy sheriklik masalalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar savdoga ko‘maklashish va amalga oshirish mexanizmlari sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishadi.

Behruz Xudoyberdiyev,

Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyoda savdo jarayonini yengillashtirish masalasi muhokama qilindi (+video)