Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligi istiqboliga bag‘ishlangan yirik anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan “Umumiy farovonlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzusidagi tadbirning birinchi qismi muvafaqqiyatli o‘tdi.

Dastlab Prezident SMTI direktori Eldor Aripov so‘nggi yillarda Xitoy va Markaziy Osiyo hamkorligi barqaror o‘sish sur’atini namoyon etgani, o‘tgan yil may oyida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari birinchi sammiti buning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi.

Dasturga muvofiq, videomurojaat yo‘llagan Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Bosh kotibi Chjao Chjimin tahlil markazlari IV forumi tashkil etilganini yuqori baholadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari chiqish qildi.

Shundan so‘ng dolzarb kun tartibi faol amaliy xususiyatga ega sessiya muhokamasiga yo‘naltirildi. Yig‘ilishning rasmiy qismi yakunlangach, “Markaziy Osiyo va Xitoy rivojlanishning hozirgi bosqichida: umumiy kelajakka yo‘naltirilgan hamkorlik” mavzusida munozara boshlandi.

Ekspertlar Xitoy mintaqa mamlakatlari mahsulotlari uchun asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanayotgani, Chin diyorining ulkan iste’mol bozoriga yetkazib berilayotgan raqobatbardosh tovarlar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turi izchil ortayotgani aytildi.

Kunning ikkinchi yarmida “Kelajak iqtisodiyoti: raqamli, innovatsion va “yashil” transformatsiya”, Transport-logistika aloqasi va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish umumiy iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim omili” mavzularida ham sessiyalar rejalashtirilgan.

B.Xudoyberdiyev,

N.Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo – Xitoy forumi dasturi mavzularga boy