Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib, hamkorlik yo‘nalishlari tobora kengayib bormoqda. “Markaziy Osiyo - Rossiya” formatida tashkil etilgan sammit ham o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi hisoblanadi.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov shu haqda munosabat bildirdi:

– Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdo aylanmasida, iqtisodiyot, transport, energetika, logistika, ilm-fan, ta’lim va infratuzilma sohalarini rivojlantirishda Rossiya Federatsiyasi eng yaqin va asosiy hamkor davlatlardan biri hisoblanadi.  

Markaziy Osiyo davlatlari bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalarini yanada yaxshilash, hamkorlik yo‘nalishlari va sohalarini kengaytirishga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.  

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Rossiya biz uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidlayman. Umumiy tarix, ko‘p asrlik aloqalar, xalqlarimizning madaniy va dunyoqarash jihatdan yaqinligi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlar bunday hamkorlikning mustahkam va o‘zgarmas asosi hisoblanadi”.

Qayd etish lozimki, jahonda tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinliklar va geoiqtisodiy inqirozlar Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiyadan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo aylanmasini oshirish, transport yo‘laklarini modernizatsiya qilish, logistika tarmoqlarini integratsiyalashtirish hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirishni talab etmoqda. Bu ishlab chiqarish, energetika, oziq-ovqat, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni oshirib, o‘zaro tovar va mahsulotlarni ayriboshlash salmog‘ini yanada oshirishni taqozo etadi. Bir so‘z bilan aytganda, “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatida o‘tkazilayotgan sammitlar amaliyotdagi hamkorlikni yanada yaxshilashga va mavjud imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi mexanizm hisoblanadi.

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratib, hamkorlik istiqbollari yuzasidan bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, davlat rahbari tizimli siyosiy muloqotni mustahkamlash va aniq natijaga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish, har yili oliy darajadagi uchrashuvlarni, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlarning muntazam muloqotlarini o‘tkazish, “Shimol – Janub” yo‘lagidan samarali foydalanish g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  

Shuningdek, amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish, bozorlarga kirishni o‘zaro yengillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini ishga tushirish, “Markaziy Osiyo – Rossiya” sanoat injiniring xabini tashkil etish kabi ko‘plab muhim va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan takliflarni bildirib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari gumanitar hamkorlikni kengaytirish maqsadida har yili Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, san’ati va ijodi festivalini o‘tkazish, shuningdek, mintaqaviy yo‘nalishlar asosida sayyohlar oqimini kengaytirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish dolzarbligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Etnomadaniyat forumining har yili o‘tkazilishi Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi madaniy, ma’naviy va tarixiy bog‘liqlikni yanada kuchaytirishga, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qolaversa, milliy an’analar, xalq og‘zaki ijodi va san’at namunalarini asrab-avaylashga, turli madaniyatlar o‘rtasida muloqot va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishga hamda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy jihatlarini ham kengaytirishga yordam beradi.

Mintaqaviy turizmni rivojlantirish maqsadida sayyohlar oqimini kengaytirish dasturlari qabul qilinishi kelgusida Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga, qo‘shma turizm marshrutlari orqali turistik xizmatlar bozorining kengayishiga, madaniy meros va turistik imkoniyatlarni kengroq targ‘ib qilishga, mahalliy hunarmandchilik, mehmonxona, transport va oziq-ovqat sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sharoit yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, “Markaziy Osiyo -Rossiya” formatida tashkil etilgan sammit milliy manfaatlarni mustahkamlashga, iqtisodiyot, energetika, transport, ta’lim, ilm-fan, turizm va madaniyat sohalaridagi yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga, xavfsizlik choralarini barqarorlashtirishga, o‘zaro manfaatli va teng huquqli aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti istiqbolli hamkorlikka qaratilgan