Markaziy Osiyo mototsiklchilari Toshkentda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi NEXT koʻngilochar majmuasida Markaziy Osiyo mototsiklchilari mavsumining ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu tantanali marosimda yurtimiz sportchilaridan tashqari Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistondan 300 nafarga yaqin havaskor va professional mototsiklchilar ishtirok etishdi.
Toshkent shahar hokimiyati, Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbir tashrif buyurganlarga manzur boʻldi.



