Tarixiy, madaniy va geografik jihatdan muhim mintaqalar – Markaziy Osiyo va Misr boy tarixi, urf-odati va qadim sivilizatsiyasi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyoning keng hududi qadimgi yo‘llar, savdo va madaniy almashinuv nuqtalari hisoblanadi, Misr ham ajoyib arxitekturasi, boy madaniy merosi bilan tanilgan.

Sulton Sayfiddin Qutuzxon, Ahmad Al-Farg‘oniy,  Qavomiddin Amir kotib Iqoniy kabi Markaziy Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan allomalar ilmiy faoliyati aynan Misr bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularning tabarruk izi qolgan Qohira, Iskandariya, Samarqand, Xorazm, Turkiston singari boqiy maskanlar bizni ma’naviy jihatdan bog‘lab, dunyoqarashimiz,  tafakkurimizni boyitib, ruhiyatimizga qudrat baxsh etadi.

Yaqinda Misrdagi elchixonamiz va “Jaloliddin Manguberdi” jamg‘armasi tashabbusi bilan Qohira shahridagi davlat kutubxonasida “Markaziy Osiyo – Misr: qadim tamaddunlar chorrahasida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Qohira ilmiy jamoatchiligi, jurnalistlar, o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik tadqiqotchilar hamda talabalarni jamlagan ushbu yig‘in ikki mintaqa o‘rtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratildi.

Gavhar Matyoqubova, O‘zbekiston xalq artisti:

– Markaziy Osiyo va Misr insoniyat tarixidagi eng qadim va rivojlangan tamaddunlar beshigidir. Bu ikki hudud ilmiy tafakkur shakllanishi, madaniy boyliklar yuzaga kelishi va keng tarqalishida muhim o‘rin tutadi. O‘zaro ta’sir va aloqa nafaqat tarixiy jarayon, balki zamonaviy ilm-fan va madaniyat rivojida ham sezilarli ahamiyat kasb etadi.

Misrdagi qadimiy geometriya, tibbiyot va arxitektura sohalaridagi yutuqlar Markaziy Osiyoda shakllangan ilm-ma’rifat muhitiga ta’sir o‘tkazgan. Shu bilan birga Buxoro, Samarqand va Xivadan yetishib chiqqan allomalar – Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy ilmiy merosi butun islom olami, jumladan Misrda ham beqiyos e’tirofga sazovor.

Ayniqsa, islom dini tarqalishi davrida Markaziy Osiyo va Misr o‘rtasida ilm va madaniyat almashinuvi yanada jadallashdi. Arab tilida yozilgan asarlar va madrasalar ushbu jarayonda muhim o‘rin tutdi. Masalan, Qohiradagi Al-Azhar oliygohi va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi kabi ta’lim maskanlari ilm-fan taraqqiyotida strategik ahamiyat kasb etgan.

Bugungi kunda ham Markaziy Osiyo va Misr o‘rtasidagi ilm va madaniyat sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Arxeologiya, tilshunoslik, madaniy merosni o‘rganish va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar o‘zaro tarixiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Rahmatjon Abdusattorov, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati faxriy raisi:

– Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar tizimini hayotga joriy etish va chuqurlashtirish sharoitida tarixni o‘rganish, haligacha noma’lum qirralarni ochish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy-madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash mintaqa siyosatining ustuvor masalalaridan biriga aylangan. Islom ma’rifati va madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan Quvomiddin Amir Kotib Iqoniy tariximizda munosib o‘rin egallagan. O‘z  davri (XІІІ asr)da Bog‘dod shahrida 25 yil qozilik  qilgan, fikh ilmi asoschilaridan biri, Qur’on tafsirini birinchi bo‘lib turkiy tilga o‘girgan, Qohirada  muhtasham madrasa qurilishida tashabbuskor bo‘lgan va ilm dargohlarida umrining oxirigacha ustozlik qilgan Abu Hanifa taxallusli Amir Kotib Iqoniyning ilm-fan taraqqiyotidagi xizmati, yaratgan asarlari hali to‘liq o‘rganilmagan. Uning “G‘oyat al-bayon fi sharh al-Xudoya”, “Risola-fir raf’ al-yad”, “Risola raddat al-bida’”, “At-Tabyin – sharh al-Husamiy”, “Al-la’ oliy alq Masuna” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan. London, Qohira, Iskandariya kabi qirqqa yaqin kutubxonada alloma bobomizning ilmiy asarlari saqlanmoqda. Ulardan bor yo‘g‘i  o‘n ikkitasining nusxasi qozoq va o‘zbek tillariga tarjima qilindi.

Umuman, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Misr kabi dunyo hamjamiyatida mustahkam o‘ringa ega davlatlarda barqarorlikni ta’minlash, tinchlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik fazilatining umumjamiyat qadriyatiga aylanishida Qohira xalqaro ilmiy-amaliy anjumani muhim ahamiyat kasb etdi.

Bekzod Abdirimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori:

– Qadim tamaddunlar beshigi – Misr dunyo ilm-fani, ma’rifatiga beqiyos hissa qo‘shgan. Turkiston farzandlari Imom Al-Buxoriy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Sayfi Saroyi singari muhaddis, olim va ijodkorlarning butun dunyoni hamon hayratga solayotgan ulkan ilmiy kashfiyotlari, bebaho asarlari aynan shu zaminida yaratilgan.

Qayd etish kerak, Misrdagi boy manba, nodir qo‘lyozma va tarixiy yodgorliklar Turkiston zaminidan yetishib chiqqan ulkan shaxslar ilmiy merosi yuzasidan izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun beqiyos manba hisoblanadi. Ota-bobolarimiz qo‘lyozmalari bu yerda ehtiyotkorlik bilan saqlangan, ba’zilari esa hanuz o‘rganilmagan holda kutubxonalarda tadqiqotchilarni kutmoqda.

E’tiborli jihati, bugungi kundagi ezgu sa’y-harakatlar natijasida Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Farg‘oniy kabi buyuk allomalar merosi nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamida yanada keng tadqiq etilyapti.

Shu nuqtai nazardan Misr zaminida bo‘lish biz uchun faqat sayohat yoki madaniy safar emas, balki tariximiz, ilmiy merosimiz bilan yuzma-yuz kelish, ulug‘ allomalarga nisbatan hurmat-ehtiromimizni yana bir bor ifoda etish imkoniyatidir. Bunday tadbirlar nafaqat bilimimizni boyitadi, balki ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtasini ham mustahkamlaydi.

Elyor Murodov, “Ilm va fan” nashriyoti direktori:

– Bunday anjumanlar mamlakatlararo yakdillik, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Misr xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik hamkorlikni kuchaytiradi. Asrlar davomida yuzaga kelgan tarixiy-madaniy meros o‘zaro birdamlik, hamjihatlik va  xalqlarimizning umumiy tarixiy xotirasiga asoslangan  ezgulik va milliy qadriyatlar makonini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur yig‘in doirasida tarixchi olimlar Bekzod Abdirimov va G‘ulomjon Otajonovlarning o‘zbek va ingliz tillarida chop etilgan “Sayfiddin Qutuz – so‘nggi zarba” kitobi, Gavhar Matyoqubova, Hulkar  Hamroyevaning Misrda ingliz va arab tillarida nashr qilingan “Xorazm “Lazgi” raqsi – falsafiy-estetik hodisa”, “Xorazm raqs maktabi: tarixi va tadqiqi” monografiyalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Ayniqsa, “Sayfiddin Qutuz – so‘nggi zarba” kitobini nashrga tayyorlash jarayonida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish barobarida ularning xotirasi oldidagi mas’uliyat, qarzdorlik tuyg‘usi qanchalar ulkanligini qayta-qayta his qildik. Mazkur anjuman doirasida o‘tgan tadbirlar ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy qudrati oshib borayotgan O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida butunlay yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi. Qohiralik taniqli ijodkor Tagrid xonim kitobni arab tiliga tarjima qilish istagini bildirdi. Demak, o‘zaro hamkorlik, ilmiy-madaniy aloqalar mustahkamlanib boraveradi.

Asror Allayorov, “Femida” gazetasi bosh muharriri, tarjimon:

– Bunday anjumanlarni tez-tez uyushtirish, yuqori saviyada o‘tkazish orqali mamlakatlararo tadqiqotchi, yozuvchi, jurnalist, san’atkor va jamoat arboblari birlashadigan muloqot maydoni qamrovi yanada kengayadi.

Aslida insoniyatning umumiy tarixi milliy qadriyatlar silsilasidan iborat bo‘lib, dunyo hamjamiyatida do‘stlik tuyg‘usining tarixiy falsafiylik, yuksak madaniyat va axloq darajalari bilan uyg‘unlashgan zamonaviy shakli vujudga kelmoqda.

Zero, asrlar sinovidan o‘tgan do‘stona munosabat har bir rivojlanayotgan mamlakat yaxlit madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi xalqaro forum Markaziy Osiyo davlatlari va Misr ijtimoiy- madaniy barqarorligini mustahkamlab, olim va ijodkorlar tinch, yakdil muhitda o‘zaro hamkorlik qilishi uchun ma’naviy-ma’rifiy zamin yaratadi.

Hulkar Hamroyeva,

filologiya fanlari doktori, professor

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo – Misr: madaniy diplomatiyaning yangi sahifasi