Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasidagi nutqi jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasidagi nutqi jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugun OAV orqali yurtimiz va dunyodagi bir qancha siyosiy institutlar va xalqaro tashkilot vakillari, nufuzli davlat va jamoat arboblari ushbu nutqning global ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etmoqda.

Davlatimiz rahbari soʻzlagan nutqida ilgari surgan bir qator muhim tashabbuslar ichida 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusi boshqa takliflar qatori muhim ahamiyatga ega.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi” tomonidan ayni shu tashabbus doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tashabbusning mazmun-mohiyatini yoshlarga toʻlaqonli tushuntirish, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari orasida yana-da keng targʻib etish maqsadida onlayn tashkil etilgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, yurtimizdagi taniqli tarixchi, siyosatshunos, faylasuf olimlar, universitetning professor- oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Suhbatda Markaziy Osiyo oʻta qadim zamonlardan beri turli xalqlar, madaniyatlar va dinlarning tarixiy uchrashuvlari, maʼnaviy oʻzaro boyitish makoni boʻlib kelgani, oʻzining Buyuk ipak yoʻlidagi markaziy maqomi tufayli bu mintaqa xalqaro savdo, madaniy, ilmiy va intellektual almashuvdagi muhim boʻgʻin boʻlib xizmat qilgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining xalqaro forumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusi Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan madaniy-tarixiy merosni tiklash va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarga jahon hamjamiyatining eʼtiborini jalb etishga imkoniyat yaratish bilan bir qatorda, YUNESKO va mintaqa davlatlari oʻrtasidagi madaniy diplomatiya taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

***

Shu kuni “Sharq allomalari yozma merosining ilmiy, falsafiy, maʼnaviy tafakkurdagi oʻrni” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman ham oʻtkazildi.

Taraqqiyot jarayonlarida Sharqning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlariga boʻlgan qiziqish ortmoqda. Shuningdek, uchinchi ming yillik kirib kelishi bilan oʻrta asrlarda Sharqda shakllangan ilmiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarga boʻlgan chuqur qiziqishning kuchayishi ham bejiz emas. 

Zero, Oʻrta asr Sharq olim va mutafakkirlarining boy tarixiy-ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida qaytadan tadqiq etish, zamonaviy fan va taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bebaho ilmiy merosni ommalashtirishga yangi, kuchli turtki berish jahon tamaddunining talab va ehtiyojlariga javoban dolzarb muammo sifatida maydonga chiqdi. Shu bois, yuqori malakali sharqshunos mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish dolzarbdir.

Ilm-fanni yuksak maʼnaviyatga ega boʻlgan insonlar yaratadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi mamlakat, millat taraqqiyotining koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu maʼnoda IX-XII asrlarda tashkil topgan Xorazm Maʼmun akademiyasi bu zaminning oʻz davriga xos taraqqiy topganligini, u yerdan yetishib chiqqan mutafakkirlar esa xalq tafakkuri, dunyoqarashi, intilishi, maʼnaviyati va madaniyatining hosilasi edi.

Abu Rayhon Beruniy aniq va tabiiy fanlar boʻyicha katta kashfiyotlar qilish bilan birga, uning tarix va falsafa sohasida amalga oshirgan ishlari, Sharq xalqlari tafakkur taraqqiyotining namunasi boʻlgan.

Abu Rayhon Beruniyning falsafiiy qarashlari hozirgi kungacha Oʻzbekistonda fundamental tarzda oʻrganilmasdan qolmoqda. Uning asarlarini, xususan, davlat tilida xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida, ommalashtirish ham talabga javob bermaydi. Jahonda XI asrni Beruniy asri deb eʼtirof etilgan bir sharoitda bugun mamlakatimizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda Beruniyning bizga qoldirgan ilmiy va falsafiy merosini keng tashviqot-targʻibot qilish, yoshlarimizning ilmga boʻlgan qiziqishi oshishiga, ularda buyuk bobomiz kabi oʻz Vatanini jon- dildan , unga talpinib yashash tuygʻularini shakllantirishga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazishi taʼkidlandi.

Konferensiyada Qoʻqon xonligidagi kutubxonalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Kutubxonalar tarixini oʻrganish yordamida Markaziy Osiyo tarixida faoliyat olib borgan turli shakldagi kutubxonalar taqdirini oʻrganish, yangi kutubxonalarning nomi, ularning egalarini aniqlash imkoni boʻlishi mumkin.

Tarixchilar, faylasuflar, tilshunos va adabiyotshunoslar, xullas barcha ijtimoiy fan vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, oʻzaro hamjihatlikda tarixiy xotirani tiklash yoʻlida fidoyilik koʻrsatishi lozim.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham 2001-yildan boshlab Sharq falsafasi tarixi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va 2005-yildan shu yoʻnalishda magistrlar tayyorlana boshlandi.

Bu borada boshlangan tarixiy ishlardan biri Toshkentda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi boʻldi. Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya ZOOM dasturi yordamida onlayn shaklda oʻtkazildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida