Shavkat Mirziyoyev Prezident bo‘lganidan so‘ng birinchi o‘rinda mamlakat tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari ustuvor vazifaga aylandi. Ikki tomonlama va ko‘ptomonlama muloqotlarning asosiy mavzusi – barcha sohalarda, xususan, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi, desak yanglishmaymiz.

O‘zbekiston rahbari 2023 yil 17-20 sentyabr kunlari “S5+1” formatida ilk marta o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – AQSH” sammiti doirasida Jo Bayden bilan uchrashdi. Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab, O‘zbekistonning global masalalardagi pozitsiyasini bayon qildi. Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida BMT, Yevropa ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda Amerikadagi ziyoli vatandoshlar bilan ham muloqot qildi. Tashrifdan oldin bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Amerika biznes-forumida 10 dan ortiq hujjat imzolandi.

2016 yilda O‘zbekiston tashqi siyosati ijobiy tomonga o‘zgardi. O‘zbekiston muvozanat saqlashga harakat qilib, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi davlatlar bilan ijobiy munosabatda bo‘lib kelmoqda.

Qo‘shnilar bilan hamkorlik –ustuvordir

O‘zbekiston hukumati Markaziy Osiyo mintaqasida faol integratsiya siyosatini yuritib kelmoqda. Uzoqni o‘ylab amalga oshirilgan siyosatning muhim xususiyatlari va afzalliklari hozirdan bilinmoqda. Jumladan: birinchisi, mintaqaviy integratsiya juda foydali va zarur imkoniyat; ikkinchisi, Markaziy Osiyo davlatlariga mintaqalararo mehnat taqsimotidan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi, bu jarayon esa milliy mahsulotlarini o‘tkazish bozorini kengaytirib, raqobatbardosh ishlab chiqarish korxonalari o‘sishiga zamin hozirlaydi. Uchinchisi, bunday iliq integratsiya davlatlarimizni xorijiy investorlar uchun yanada jozibador qilib qo‘yadi. 

Markaziy Osiyoning besh davlatida yashovchi 70 million aholi va 300 milliard dollarlik YAIM majmui chet elliklarda jozibadorlik kasb etishi mumkin. To‘rtinchisi, integratsiya o‘zaro raqobatni kuchaytiradi, demak  mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirishga zarurat paydo bo‘ladi. Mintaqaviy savdo-sotiqning rivojlanishi, investitsion va mehnat resurslarining davlatdan davlatga oqib o‘tishi, turgan gapki, milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo integratsion jarayonida O‘zbekiston peshqadamlik qilishi uchun barcha shart-sharoit yetarli va ko‘plab nomdagi tovar va xizmatlarni tavsiya etishga tayyor turibdi. Xizmatlar (turizm, logistika, transport, konsalting) sohasida ham sezilarli qadamlar tashlanmoqda.

Mintaqaviy integratsiya zarur

Markaziy Osiyo integratsiyasining istiqbol rejasida mintaqaviy hamkorlik ustunlik qilishi lozim. Buning uchun quyidagi vazifalar yaqin yillarda o‘z yechimini kutmoqda.

1.Investorlarga jozibali ko‘rinish uchun mintaqa davlatlari yagona iqtisodiy makonga birlashishi maqsadga muvofiq.

2.Mintaqa davlatlarining ko‘plab bozorlari o‘ta monopollashgan. Bunga sabab hukumatlar tomonidan tashqi savdo yo‘liga qo‘yilgan to‘siqlar, “milliy ishlab chiqaruvchilar”ni himoyalash (proteksionizm) uchun berilgan turli imtiyozlardir. Bundan tashqari, barcha davlatlar iqtisodiyotida tabiiy monopoliyalar va davlat korporatsiyalarining roli yaqqol seziladi. Mintaqaning tijorat korxonalari ko‘pincha kuchli raqobatni istamagani tufayli sun’iy qulay sharoitlarda faoliyat olib boradi. Buning natijasida korxona (kompaniya)da past samaradorlik hamda tashqi va ichki bozorlarda raqobatga dosh berolmaslik ochiq namoyon bo‘lmoqda.

3. Iqtisodiy integratsion jarayonda O‘zbekiston oldida birgina muammo turibdi, u ham bo‘lsa, o‘z iste’molchilarini topish yoki qo‘shimcha qiymat yaratishning xalqaro tarmog‘iga qo‘shilish hisoblanadi. Bizningcha, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar ko‘proq ustuvor sohalar – yengil sanoat, axborot texnologiyalari, xizmatlar (turizm, logistika, transport, konsalting) bozorida o‘z o‘rnini tezroq topishi lozim.

4. O‘zbekiston 1996 yilgacha Markaziy Osiyo iqtisodiyoti “ajdari”, peshqadami bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yildan keyin o‘sishda orqada qoldi. Sababi, iqtisodiyot nazariyalari (talab va taklif oltin qoidasi) buzilgani bois, mazkur mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston sekin rivojlandi. Iqtisodiy rivojlanish sur’atida o‘sish kuzatilmadi. Biz bir joyda turmaganmiz, rivojlanganmiz. Biroq mamlakatlarning ko‘pchiligi tezroq rivojlangan, natijada biz asta-sekin 40ta eng kambag‘al mamlakat qatoriga tushib qoldik.

https://storage.kun.uz/source/5/NV-5urveHXciO75oyvbGhkjdX9K1Moyo.jpg

5. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya g‘oyasini amalga oshirishda ayni paytdagi muammolarni tilga olib o‘tish joiz. Misol uchun, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da faol, Tojikiston ittifoq sari intilgan, Turkmaniston va O‘zbekiston pozitsiyasini o‘zgartirib turadi. Bunday jiddiy farqlar va siyosatda rang-baranglik Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, hattoki ijtimoiy-siyosiy hamkorlik uchun o‘rganishga molik yo‘nalishdir. Ana shu “nozik” siyosiy yo‘l ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar, xususan, O‘zbekiston bilan muzokara jarayonlarini murakkablashtiradi. Sababi, YeOIIga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘zining tashqi iqtisodiy siyosatida erkin bo‘la olmaydi.

Buning ustiga, Markaziy Osiyo prezidentlari, jumladan, O‘zbekiston rahbari Sh.Mirziyoyevning BMT 78-sessiyasida ishtirok etib nutq so‘zlashi, yirik tadbir doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbarlari bilan uchrashib, mazkur tashkilotga 2024 yilda a’zo bo‘lib kirish masalasini ilgari surishi inqilobiy g‘oya sanaladi. JSTga a’zolik mamlakatimiz savdo-sanoat va biznes tuzilmalaridan katta tayyorgarlikni talab qiladi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning afzalligi va muammolari

BMTga a’zo aksar davlatlar JSTga ham a’zo bo‘lib kirgan. Masalan, Qirg‘iziston 1998 yilda, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan so‘ng 2012 yilda, Tojikiston 2012 yilda, Qozog‘iston 2015 yilda a’zolikka qabul qilingan. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga a’zolikni energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon barcha davlatlarda silliq kechadi, degani emas. Hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

Xo‘sh, mamlakatimizda bu borada qanday muammolar yuzaga keladi?

Birinchidan, O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bojxona soliqlarini 8 -10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar ko‘radi. Biroq, o‘z navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi O‘zbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish borasida tugallanmagan ishlar turibdi.

Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘zbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tug‘iladi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi G‘arb mamlakatlarida bo‘lganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy o‘zgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

To‘rtinchidan, intellektual mulk (IM) huquqi tizimi va bozorining shakllanmagani, ixtirolarni amaliyotda qo‘llash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olishini bartaraf etish yo‘nalishida ham ko‘plab muammolar to‘plangan. Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971 yil 24 iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga (2006) zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga ko‘chirib, qalbaki nusxasini respublikaning deyarli barcha bozorlarida bemalol sotib, daromad ko‘rish holatlari mamlakatimiz miqyosida juda avj olgani ayni haqiqat. Savdoga oid IM huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), g‘oya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari bo‘yicha ham qator vazifalar hamon yechim topmagan.

Keling, mazkur muammoga jiddiy munosabatimizni bildirib o‘taylik. Bugungi kunda ekspertlar guruhi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi bo‘lgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmagani bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga e’tiboringizni qaratmoqchi edim.

Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “bo‘shliq”ni yuzaga keltirmoqda. Xuddi shu “bo‘shliq” boshqa sohalarda islohotlarni o‘tkazishga ham qaysi jihatdandir xalaqit bermoqda. 

Ayni chog‘da mamlakatimizdagi kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanligi ma’lum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi to‘g‘risida”gi qonun va Konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. 

Yuqoridagi komissiya “iste’mol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. 

Ikkinchidan, yuqoridagi muammoni tan olgan holda, JSTga a’zolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qo‘llagudek bo‘lsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar ko‘payishi mumkin. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 4 milliongacha bo‘lgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qo‘shgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning 2024 yilda JSTga a’zo bo‘lishidan eng ko‘p zararni qishloq aholisi ko‘radi.

Uchinchidan, 2010-2019 yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi natijasida Xitoy tajribasida ko‘rilganidek, ishsizlar sonining keskin ko‘payib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlarining ahvoli yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

To‘rtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan izohlanadi. 

Sian deklaratsiyasi nima beradi?

2023 yil 19-20 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sian shahrida birinchi Markaziy Osiyo-Xitoy sammitini o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida Sian deklaratsiyasi qabul qilindi va to‘qqizta tarixiy hujjat imzolandi. Sinxua agentligi 19 may kuniyoq 15 punktdan iborat deklaratsiya matnini e’lon qildi. 

Sammitda ta’kidlanganidek, bunday uchrashuv bir asrdan ziyod vaqt kutilgan va bu orada misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz bergan. Mintaqa xalqlari uchun qulay istiqbollardan kelib chiqib, birgalikda Markaziy Osiyo va Xitoyning umumiy taqdiri bilan yaqinroq hamjamiyatni yaratish istagini tasdiqlashdi.

Tomonlar  natijadorlikka erishish mexanizmlarini yaratib, har ikki yilda uchrashishga kelishdi. Deklaratsiyada katta maqsadlar ochib berilgan. Davlatlar to‘siqsiz savdoni ta’minlash va Markaziy Osiyo davlatlaridan Xitoyga tayyor mahsulot hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasining umumiy makonini shakllantirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi "Markaziy Osiyo–Xitoy" yangi iqtisodiy muloqotining qo‘shma strategiyasini ishlab chiqish muhimligini qayd etdi. Xususan, hujjatning 7-bandiga asosan Tomonlar muhim Transevroosiyo transport markazlaridan biri bo‘lgan Markaziy Osiyoning maqomini ko‘tarish, “Xitoy–Markaziy Osiyo” transport koridori rivojini jadallashtirish, “Xitoy–Markaziy Osiyo–Janubiy Osiyo”, “Xitoy–Markaziy Osiyo” yo‘nalishlarida multimodal tranzit transportini rivojlantirish zarurligini ta’kidlamoqda.

“Yaqin Sharq, Xitoy–Markaziy Osiyo–Yevropa”, shu jumladan, “Xitoy–Qozog‘iston–Turkmaniston–Eron” hamda “Trans–Kaspiy” yo‘nalishlari bo‘yicha Aqtau, Kurik va Turkmanboshi dengiz portlari, shuningdek Termiz shahrining tranzit va transport imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish ko‘zda tutilgan. Tomonlar birgalikda transport infratuzilmasini rivojlantirib, Xitoydan Markaziy Osiyoga yangi temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish ishlarini boshlab yuboradilar”.

Xulosa o‘rnida

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar strategik ahamiyatga ega. “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishiga erishish mintaqa mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonning nufuzini oshiradi.

Sian deklaratsiyasi qabul qilingandan keyin Xitoy mintaqa mamlakatlari bilan aloqalarni uzviy mustahkamlash va chuqurlashtirishga intilib, “C+C5” formatidagi mexanizm orqali Markaziy Osiyoda o‘z  ta’sirini kuchaytiradi. Bundan tashqari, o‘zaro hamkorlik va kelajak uchun yangi loyihalar uchun zamin yaratiladi.

Yuqoridagi loyihalarning markaziy nuqtasida  XVI asrdan o‘z faoliyatini to‘xtatgan Buyuk Ipak yo‘lini yana tiklash va mintaqaning imijini oshirish maqsadi yotibdi. Bu maqsadlarga erishishda O‘zbekiston  yetakchi mavqeni egallaydi.

Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasiga oid xulosalarimizni bayon etsak, geosiyosiy manfaatlardan kelib chiqib, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy ittifoqini tuzishga zarurat paydo bo‘lgan. Chunki yaqin 5 yil ichida mintaqada Xitoyning ta’siri kuchayib boradi, garchi iqtisodiy imkoniyatimiz Sian deklaratsiyasiga binoan ijobiy tarafga o‘zgarsa-da, ijtimoiy va siyosiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli mavjud.

Yaqin oylarda “C+C5” formatida Xitoy – Markaziy Osiyo hamda  “S5+1” formatida Markaziy Osiyo – AQSH sammitlari bo‘lib o‘tgani Markaziy Osiyoga qiziqish yanada kuchayib borayotganini bildiradi. Demak, Markaziy Osiyo davlatlari oldida kuchli diplomatiya va siyosiy ziyraklik ko‘rsatishdek og‘ir vazifa turibdi.

Bizningcha, bu masalada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilda ilgari surgan umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”Markaziy Osiyo davlatlarini yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Baxtiyor OMONOV, 

O‘zbekiston milliy universiteti professori, 

siyosiy fanlar doktori

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlarini yaqinlashtirish yo‘lida