Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletov, Qirg‘iz Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov, Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi Meylis Annaberdiyev ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga murojaatini V.Mahmudov o‘qib eshittirdi.

Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida Markaziy Osiyo bugun o‘z taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgani, do‘stona qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik mintaqasiga aylanayotganini alohida ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston tashabbusi bilan xavfsizlik va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport aloqalarini kengaytirish, oldimizda turgan dolzarb masalalarning barqaror yechimlarini birgalikda izlashga qaratilgan mintaqaviy sheriklik kun tartibi ilgari suriladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvlari umumiy chaqiriq va tahdidlarni ochiq muhokama qilish, muammolarga o‘zaro ishonchga asoslangan muhitda birgalikda yechimlar ishlab chiqish va “soatlarni to‘g‘rilab olish” uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilayotganini yuqori baholagan.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm va radikallashuv, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, shuningdek transport xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar kabi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Delegatsiyalar rahbarlari mintaqada xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash, idoralararo aloqalarni kengaytirish, jumladan shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash va hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek o‘zaro tajriba va amaliyot almashinuvi sohasidagi konstruktiv sheriklikning hozirgi darajasini yuqori baholadilar.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yondashuv va pozitsiyalar mushtarakligini qayd etib, birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, eng dolzarb masalalarga yechimlar ishlab chiqish jarayonida Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvlari mexanizmi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik jadallashishi sur’atini saqlab qolish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligi ma’qullandi. Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbus, tavsiyalar ilgari surildi.

Forum doirasida ishtirokchilarga 2024 yil 9 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surigan tashabbus asosida Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasi loyihasi taqdim etildi.

Bundan tashqari, nufuzli mehmonlar uchun Markaziy Osiyo xalqaro institutining “Mintaqaviy jipslik – Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishining asosiy omili” mavzusidagi ekspert-tahliliy hisoboti taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishi Bayonnomasi qabul qilindi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi