Markaziy bank faoliyati Ochiqlik indeksida 2-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (DHvaBO) faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash jamoatchilik kengashi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 2017-yil birinchi yarim yilligi natijalarini e’lon qildi, deya xabar beradi Markaziy bankning rasmiy sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (DHvaBO) faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash jamoatchilik kengashi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 2017-yil birinchi yarim yilligi natijalarini e’lon qildi, deya xabar beradi Markaziy bankning rasmiy sayti.Kengash qaroriga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan 85 vazirlik, qo‘mita va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan Ochiqlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2-o‘rinni egalladi.
Ochiqlikni belgilash, ma’lumki, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan uch komponent asosida olib boriladi:
Davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar faoliyatini baholash (rahbarlar va axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha);
Ochiqlikni ta’minlashning aniq usullari samaradorligini baholash (rasmiy veb-saytning faoliyat yuritishi, axborot stendlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborot taqdim qilish, axborot olish bo‘yicha so‘rovlarning ko‘rib chiqilishi, DHvaBOning ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning ishtirok etishini ta’minlash, axborotlarni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish):
Axborotdan foydalanuvchilarning qanoatlanganlik holatini baholash, (axborotdan foydalanuvchilar orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan baholanadi).
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy bank 95 ball to‘plashga erishdi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi paytda Markaziy bank o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishning samarali, amaliy mexanizmlarini takomillashtirish, bank tomonidan qabul qilinayotgan pul-kredit siyosatini isloh qilish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qarorlardan aholi, jamoat birlashmalari keng foydalanishini ta’minlash doirasida taqdim etilayotgan axborotlar ko‘lamini kengaytirish ustida ishlar olib bormoqda.