Tayinlov
Erkin Muxtorovich Mansurov Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1979 yil 11 iyulda Vobkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2001 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda Aksiyadorlik tijorat "Paxta bank" Vobkent tuman bo‘limi Kredit bo‘limida 1-toifali mutaxassis sifatida boshlagan.

Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi (2002-2003), Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish bo‘limi bosh iqtisodchisi (2003-2004), Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi Rahbariyat qoshidagi ijrochilik intizomini nazorat qiluvchi – Bosh nozir (2004-2010), Markaziy banki Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi Kichik biznesni qo‘llab – quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i (2010-2012) lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Fazliddinovich Sharopov Shofirkon tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Zarif Komilov, O‘zA