Mariya Timofeyeva bosh sovrinni qo‘lga kiritishi uchun ikki qadam qoldi
Shveysariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo‘yicha W75 toifasiga kiruvchi “Axion Open” xalqaro turnirida hamyurtimiz Mariya Timofeyeva asosiy to‘rning yakkalik bahslari yarim final bosqichiga chiqdi.
Mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahlari chorak finalida mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva mezbonlar vakili Syuzan Bandechchini 6:1, 6:4 hisobida taslim etdi.
Endi Mariya Timofeyeva musobaqa yarim finalida fransiyalik Alisa Reymga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA