Maʼrifatçilar - Samarqandda
Samarqandda “Özbekiston – öz-özimizniki” şiori ostidagi “Maʼrifat haftaligi” tadbirlari boşlandi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi taşabbusi bilan mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan maʼrifiy tadbirlarda taniqli olimlar, yozuvçi va şoirlar, sanʼatkorlar, diniy-maʼrifiy soha vakillari hamda jamoatçilik faollaridan iborat “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari aholi bilan oçiq muloqotlar, ijodiy uçraşuvlar, mahorat darslari, xayriya aksiyalari taşkil etilmoqda.
Kattaqörğon şahri va tumanidagi mahallalar, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida aholi bilan yuzma-yuz muloqot, maʼrifiy suhbatlar bölib ötdi.
Guruh aʼzolari dastlab Kattaqörğon şahrining Çinobod mahallasida mustaqillik yillarida Vatan himoyasi yölida jon fido qilgan jasur harbiy xizmatçi Uluğbek Barnoyevning xonadonida bölib, uning oila aʼzolari bilan suhbatlaşdilar.

“Millat fidoyilari” loyihasi doirasida taşkil etilgan uçraşuvda Vatan ozodligi va tinçligi yölida jonini fido qilgan Uluğbek Barnoyevning jasorati, mardligi va fidoyiligi yodga olindi. Qahramonning yaqinlari bilan samimiy suhbat qurilib, uning hayot yöli va Vatan oldidagi xizmatlari eʼtirof etildi.
– Vatan himoyasi yölida jon fido qilgan insonlarning xotirasini eʼzozlaş, ularning jasoratini yodga oliş barçamizning insoniy burçimiz, – dedi Özbekistonda xizmat körsatgan artist Turğun Beknazarov. – Çunki ular mana şu jonajon yurtimiz tinçligi, xalqimizning osoyişta hayoti uçun özlarini ayamay, köksini qalqon qilgan. Buni, ayniqsa, bugun ösib kelayotgan yoş avlod, öğil-qizlarimiz yaxşi bilişlari kerak. Şuning uçun Samarqanddagi haftalik tadbirlari ana şu ezgu iş bilan boşlandi, mard öğonimiz Uluğbek Barnoyev yodga olindi. Işonamanki, Uluğbek singari jasur harbiylarimizning jasorati xalqimiz qalbida mangu yaşaydi.

Şundan söng tarğibotçilar Kattaqörğon tumanining Qoqsoy mahallasida “Mahalla bilan yuzma-yuz” loyihasida qatnaşdilar. Mahalla ahli bilan suhbat çoğida yurtimizda inson qadri uçun amalga oşirilayotgan islohotlar, jamiyatimizdagi ijtimoiy barqarorlik, hayotdan şukronalik va rozilik haqida söz yuritildi. Kattaqörğon tumanida keyingi yillarda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, odamlar turmuş darajasining yuksalib borayotgani aniq misollarda tilga olindi.
Suhbat taniqli sanʼatkorlar bilan ijodiy uçraşuv va kuy-qöşiqlarga ulandi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri