Ma’lumki, yurtimiz dunyo tamadduni va Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Bugun milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizning bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning asosiy shartlaridan biridir.

Shu maqsadda, so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda millatlararo munosabatlar va din sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qancha qonun hujjatlari va qarorlar qabul qilinib, unga ko‘ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elat vakillari o‘rtasida konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Mana shunday ezgu ishlardan biri, bu diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi asosida yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, jamiyatda dinlararo bag‘rikenglik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tashkil etilishi bo‘ldi.

Akademiya islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, manbashunoslik sohalarida kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo‘nalishida targ‘ibot tadbirlarini olib boruvchi respublikamizdagi yagona ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Ayni damda Akademiyada xalqaro munosabatlar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga raqobatbardosh, keng tafakkurga ega, milliy o‘zlik, davlatchilik va vatanparvarlik xislatlari chuqur shakllangan bakalavr va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanmoqda. Xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashda asriy an’analar bilan zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish asosiy vazifa sifatida belgilab olingan.

Akademiya mamlakatimizdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, diniy-ma’rifiy soha mutaxassislari ilmiy salohiyatini oshirishga ixtisoslashgan yetakchi davlat ta’lim muassasasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, Akademiya qoshidagi Ilmiy kengashda jami 164 nafar tadqiqotchining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi, ularning 22 foizi (4 ta DSc, 32 PhD) dinshunoslik ixtisosligiga to‘g‘ri keladi.

Akademiya huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan Malaka oshirish markazi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yillar mobaynida 22 ming nafardan ortiq tinglovchilarning malakasi oshirildi. Tinglovchilarga mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda Islom dinining madaniy va sivilizatsion merosi, ma’naviy-falsafiy ahamiyati, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan mavzularda malaka oshirish o‘quvlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi kunga qadar akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan 26 ta dinshunoslik va 39 ta islomshunoslik sohasiga tegishli darslik va o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida 200 dan ortiq monografiya, risola va o‘quv adabiyotlari xalqimizga yetkazildi.

Ushbu adabiyotlar ta’lim jarayonida talabalarga din bilan bog‘liq ma’lumotlarni xolislik tamoyillariga asoslangan holda yetkazishga, ularda ilmiy-tahliliy yondashuv, tadqiq etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Talabalarda din haqida xolis, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish, turli dinlarning kelib chiqishi, mazmun-mohiyati, ta’limoti va tarixi haqida tushunchalar berish, dunyoda mavjud dinlarga xos bo‘lgan umumiy va xususiy jihatlarni tahliliy o‘rganishda asosiy omil bo‘ladi.

2019 yildan boshlab 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni bilan bog‘liq tadbirlar O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi” tarzida keng nishonlanib, uning doirasida brifing, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshqa madaniy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish ezgu an’anaga aylandi. 

Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida insholar, videorolik va infografikalar tanlovlari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar, turli konfessiya vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik madaniyati – boqiy qadriyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar va boshqa tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Akademiyaning YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish” kafedrasi YUNESKOning dinlararo va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishiga ixtisoslashgan tarmog‘iga qarashli dunyoning 27 mamlakatida faoliyat yuritayotgan jami 31 ta kafedradan biri bo‘lib, respublikamizda “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlovchi yagona bo‘linma hisoblanadi.

Har o‘quv yili davomida 40 dan ziyod sayyor va 20 dan ortiq binar ma’ruzalar tashkil etilib, talabalar diniy konfessiya vakillari, rahbarlari tomonidan tashkilotlar tarixi, diniy an’analari, marosimlar, ularning xususiyatlari, ibodatxona atributlari bilan tanishtiriladi. Ibodatxonalarda bajarilayotgan marosim turlari, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bugungi kunda dindorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Ushbu yondashuv talabalarda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri qarashni shakllantirish, sog‘lom e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi.

Bugun yurtimizda millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi Yangi O‘zbekistonda mazkur sohada yangicha yondashuv va strategik maqsadlarni birlashtiruvchi tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilarining bosh maqsadi ham ilmiy tadqiqotlar va ta’lim jarayoni orqali yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ularni turli din va e’tiqodlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashdan iborat.

Uyg‘un G‘AFUROV,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’rifat va ta’lim – diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishning muhim omili