Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar orasida adabiyotga bo‘lgan qiziqish va mehrni oshirish, shuningdek, taniqli yozuvchi va shoirlarning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tanlovda 4 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha bellashdi.  

Mazkur tanlovning o‘tkazilishi talaba-yoshlarning nafaqat adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, balki ularning ma’naviy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Bu esa ularni adabiyot va san’atni, shu jumladan, taniqli adiblarning asarlarini chuqur o‘rganishga, milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi.  

Ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi. Unga ko‘ra, “Ayaziy izdoshlari” jamoasi birinchi, “Adabiyotchilar” hamda “Ma’rifatdan nur” jamoalari ikkinchi, “Ma’rifatchilar” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

[gallery-20919]

Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalarga diplom hamda esdalik  sovg‘alari topshirildi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat maydoni”da bellashuv