O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda bir qator hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” nomli ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari Sirdaryo viloyatida ham boshlandi.

Tadbir ishtirokchilari — mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, ziyolilar va kinoijodkorlardan iborat guruh  – Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida tantanali tarzda kutib olindi.

Targ‘ibot dasturi doirasida “Sivilizatsiyalar –  Shaxslar –Kashfiyotlar”, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans”, “Tirik tarix” kabi mavzularda amaliy seminar va treninglar, konferensiyalar, forum va anjumanlar o‘tkazilishi, shuningdek, kinoijodkorlar ishtirokida milliy filmlar namoyishi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yoshlar markazidagi uchrashuvda shu haqda batafsil ma’lumot berildi va bunday tadbirlar aholi o‘rtasida ma’naviy-axloqiy targ‘ibotni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shu kuni Guliston tumanidagi Ibrat mahallasida joylashgan Sheranovlar xonadonida “Farovon hayot uchun ilk qadam” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda boshqa mahallalardan taklif etilgan ehtiyojmand oila vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida hayot sinovlariga matonat bilan bardosh berib, halol mehnat orqali oilada tinchlik va farovonlikni qaror toptirgan Sheranovlar oilasi singari oilalarning hayotiy tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.  

Shuningdek, seminarda falsafa fanlari doktori, shoira Shahlo Ahrorova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, tuman hokimining o‘rinbosari Matluba Xudoyberdiyeva hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.

– Inson qiyinchilikka duch kelganda tushkunlikka tushmasligi kerak. Ishonch va harakat bor joyda albatta natija bo‘ladi. Sheranovlar oilasi bunga yorqin misoldir, – dedi shoira Shahlo Ahrorova.

Seminar davomida “Farovon hayot uchun ilk qadam” loyihasining boshqa istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Tadbir yakunida Sheranovlar oilasiga rasmiy tashakkurnoma topshirildi. Ishtirokchilar esa tadbirdan ruhiy ozuqa, kuch va ilhom olganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Shu kuni Yangiyer shahrida joylashgan “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Inson qadri” nomli uchrashuv o‘tkazildi. “Ma’rifat targ‘ibotchilari” a’zolari bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, tadbir yakunida yangragan kuy-qo‘shiqlar bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Sirdaryo viloyati Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv ham esda qolarli tarzda o‘tdi.

Mirzaobod tumanida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusidagi davra suhbatida esa poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, shoirlar o‘qigan she’rlar va olimlar ma’ruzalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Sirdaryo viloyatida iyun oyi oxiriga qadar davom etadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat karvoni” Sirdaryoda