Yurtimiz bo‘ylab “Ma’rifat karvoni” loyihasi asosida o‘tkazilayotgan “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Samarqandda davom etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida Samarqand davlat universitetida talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirokida “Ijtimoiy g‘oyalar” forumi hamda “Olimlar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Bobur Bobomurod yurtimizda ta’lim, ilm-fanni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, soha vakillarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar. Ilmning zavqli mashaqqati taniqli olimlar, fan arboblari faoliyati misolida tahlil qilindi. 

[gallery-23986]

Shuningdek, tadbirlarda yoshlar o‘z startap g‘oyalari, tashabbuslarini bildirdi, olimlardan tavsiya va maslahatlar oldi. 

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston – yangi renessans poydevori” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga qaratilgan bugungi islohotlar va ularning samaralari haqida so‘z bordi. 

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekistonda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-treningda markazning tarixiy, madaniy va ma’rifiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 

“Ma’rifat karvoni” tadbirlari tumanlardagi mahallalar, korxonalarda ham o‘tkazildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida joylashgan “Jeans Tekstile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Bir maqsad” loyihasi doirasida korxona ishchi-xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tinchlik qadr-qimmati, oilalarni mustahkamlash va yoshlar ta’lim-tarbiyasi haqida so‘z bordi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zulfiya Mo‘minova o‘zining yangi she’rlaridan o‘qib berdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova esa mumtoz qo‘shiqlardan ijro qildi.

Poytaxtdan kelgan ijodkorlar Samarqand viloyati yoshlari festivalida ham qatnashdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat karvoni” Samarqandda