Buxoroda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Buxoro davlat texnika universiteti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, ushbu markaz nafaqat o‘tmish haqida hikoya qiluvchi, balki tarix, bugun va kelajakni uyg‘un bog‘laydigan, taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur va ma’rifat maskanidir.

Shuningdek, xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan yurtimiz zaminida yashab o‘tgan buyuk alloma va mutafakkirlarning fan va madaniyatga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi. Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, hamda jamiyatning ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ulkan loyiha sifatida e’tirof etildi.

Dolzarb ahamiyatga ega bu kabi ma’rifiy-madaniy targ‘ibot tadbirlarida qator loyihalar, ya’ni “Sivilizatsiyalar – Shaxslar – Kashfiyotlar” shiori ostida ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari, amaliyotga yo‘naltirilgan seminar-treninglar, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” mavzusida konferensiya, forum va anjumanlar, “Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy kinoijodkorlar ishtirokida buyuk ajdodlarning madaniy merosini keng targ‘ib etuvchi filmlar namoyishi shular jumlasidan. Shuningdek, boshqa ilmiy, ijtimoiy va innovatsion tashabbuslar ham ko‘zda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, “Ma’rifat karvoni” – yurtimiz ziyolilari uchun yagona platforma sifatida xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasi doirasida seminar-trening va amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda, “Mahalla muhitida ijtimoiy faollik va o‘zini o‘zi band qilish madaniyatini rivojlantirish” mavzusida ma’ruzalar tinglandi. Aholini boqimandalik kayfiyatidan chiqarish, shukronalik ruhini singdirish ta’kidlandi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘” shiori ostidagi “Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy film namoyishi Qorako‘l tumani Madaniyat markazida o‘tkazildi. 

Anjumanda “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, universitet rektori Sadoqat Siddiqova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi boshlig‘i Marhabo Pardayeva hamda tarixchi olimlar qatnashdi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat karvoni” Buxoroda