Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlari e’lon qilindi. Mukofotlanganlar orasida o‘zining o‘lmas qo‘shiqlarini meros qilib qoldirgan buyuk hofiz Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston, Tatariston va Turkmaniston xalq artisti Otajon Xudoyshukurov ham bor. El sevgan san’atkor, qisqa va sermazmun hayotida qoldirgan milliy qo‘shiqchilik merosi va o‘zbek milliy san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu xabar hofizning To‘rtko‘llik qarindoshlari, shogirdlari va muxlislariga katta quvonch bag‘ishladi.

-  Muhtaram prezidentimizga, oila a’zolariga butun urug‘ aymog‘imiz, Qoraqalpoq, Xorazm xalqi nomidan hamda respublikamizdagi barcha Otajon Xudoyshukurovning muxlislari nomidan tashakkur aytib, ko‘rsatgan hurmatlari uchun ta’zim qilamiz, - deydi Otajon Xudoyshukurovning singlisi Lola Ollashukurova.

-  Buyuk ustozimizning mustaqillik bayramimiz arafasida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanishi bizni quvontirdi, qolaversa ustoz-shogird bo‘lganimiz, shu bilan birga oilaviy yaqin bo‘lganmiz, rahmatli otam bilan Otajon aka aka-uka, ustoz-shogird bo‘lishgan. Davlatimiz marhum san’atkorlarni garchi o‘zlari bo‘lmasada qilgan mehnatlarini ham siylab turibdi. Qilingan mehnat baribir qolib ketmas ekan, xalqimiz Otajon akani yaxshi ko‘rar edi. Joylari jannatda bo‘lsin ustozimizni. San’atkorning umri o‘zi o‘tganidan keyin ham yashaydi deganlari shu bo‘lsa kerak. Dunyodan o‘tib ketgan bo‘lsalarda qilgan mehnatlari xalqimiz, davlatimiz tomonidan e’zozlanayapti. Men juda xursand bo‘ldim – deydi Otajon Xudoyshukurovning shogirdi, Ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab internati direktori Azamat Otajonov .

Otajon Xudoyshukurovning nihoyatda noyob ovozi bor edi. Uning buyuk hofiz bo‘lib yetishishini ustozi Komiljon Otaniyozov ham faxr bilan aytib ketgan edi.

E’tibor bering, Otajon Xudoyshukurov “Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini olganda 23 yoshda edi. 25 yoshida esa “Qoraqalpog‘iston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘ladi. “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berilganida 33 yoshida edi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zining noyob ovozi bilan boshqa xalqlar qo‘shiq ixlosmandlari dilidan joy olib ulguradi. 1981 yil ya’ni 37 yoshida “Tatariston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlanadi. “Turkmaniston xalq artisti” unvoni berilganida u 49 yoshida edi. Ushbu raqamlarning o‘zi ham Otajon Xudoyshukurovning nihoyatda noyob ovoz sohibi va mumtoz qo‘shiqlarimizning  mohir ijrochisi bo‘lganidan dalolat beradi.  

 -  Mana kechagina muhtaram prezidentimiz yurtdoshlarimizni Davlat mukofotlari bilan taqdirlaganlarini eshitib biz juda bir hayajonga tushdik. O‘tgan ustozlarimizni xotirlab ularga davlat mukofotlarining berilishi bizni ruhlantirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rahmatli  ustozimiz O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tatariston, Turkmaniston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori Otajon aka Xudoyshukurovning davlat mukofoti bilan taqdirlanganini eshitib juda  hayajonga tushdik. Haqiqiy san’at, o‘lmas ovoz egasining dunyodan o‘tganlariga mana oradan ancha yillar bo‘lgan bo‘lsada, davlatimiz, prezidentimiz tomonidan mukofotlanishi bizni g‘ururlantirdi, hozirgi kungacha yurtimizning har bir xonadonida ustozimizning qo‘shiqlari yangrab turibdi, bu ko‘rsatilayotgan hurmatdan xursandmiz – deyishadi Otajon Xudoyshukurovning  shogirdlari bo‘lmish O‘zbekiston xalq artistlari aka-uka  Eshjonovlar.

Haqiqatan ham Otajon Xudoyshukurov o‘zining qisqa umri davomida o‘zbek san’atini yuqori cho‘qqilarga ko‘tardi. Navoiy, Ogahiy, Maxtumquli, Mashrab kabi ko‘plab buyuk ijodkorlarning Haq, Yor, Ishq haqidagi asarlarini yuksak ijrosi bilan xalqimizning diliga joylab qo‘ydi. Xalq diliga o‘rnashgan asarlarning esa bilamizki umri uzun bo‘ladi.

<iframe width="1440" height="757" src="https://www.youtube.com/embed/DVg9bwy41NA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

N Abduvoitov, K Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhum san’atkor Otajon Xudoyshukurov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi(+video)