Aholi zichligi jihatidan Marg‘ilon vodiyda Andijon shahridan keyingi o‘rinda turadi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra shaharda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi oqsoq edi. Nihoyat orziqib kutilgan damlar keldi.

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida mutasaddilarga bir qator vazifalar bergan edi. Ulardan biri Marg‘ilon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi masalasidir. Bugun 35 ming aholi yashashiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.  

Qurilish uchun shahar chegarasidagi maydon tanlandi. Bu yerda Marg‘ilon mahallalaridan oqsoqollar, mehnat faxriylari to‘plandi. O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va viloyat hokim Xayrullo Bozorov ular bilan suhbatlashdi. Davlatimiz rahbarining marg‘ilonliklarga tilaklari yetkazildi. So‘ngra an’anaga ko‘ra, ulug‘ niyat ijobati yo‘lida qur’on tilovat qilindi.

“Yangi O‘zbekiston” massivining birinchi uyi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Qudratli qurilish texnikalari ishga tushdi.  

Marg‘ilonning “Yangi O‘zbekiston” massivi 75 gektardan iborat bo‘lib, unga 87 ta ko‘p qavatli binolar quriladi. Bu yerda 6012 ta xonadon uy to‘yi qilishi kutilyapti. Bundan tashqari, ikkita maktab, 6 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta oilaviy poliklinika, 2 ta litsey, biznes markazi hamda savdo va maishiy xizmat majmualari joylashtirilgan.

–“Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish  ishlarini boshlash bizning tashkilotimizga nasib qildi, – deydi 296-XKMK MCHJ rahbari Inomjon Abdullayev. – Bu uylarning har biri 12 qavatdan iborat bo‘lib  44 ta xonadon joylashtiriladi. Ularni arzon va sifatli qilib quramiz hamda xalqimizga  topshiramiz.  

Ochilboy Ramatov viloyat hokimligi mutasaddilari va quruvchilarga “Burhoniddin Marg‘inoniy xalqaro ilmiy markazi” hududidagi qurilish ishlarini ham tezlik bilan boshlash topshirig‘ini berdi.  

Loyihaga ko‘ra, 35 gektar maydonda ilmiy markaz, shoir va san’atkorlar xiyoboni, O‘zbekistonda yagona maqom teatri, yuridik institut, mehmonxonalar, xiyobonu saylgohlar barpo etiladi.

Qurilish ishlari uchun hukumat bir yil muddat berdi. Shuningdek, aholiga imtiyozli muddat va kam foizli ipoteka krediti berilishi ham shu bugun rasmiy hujjatlarga muhrlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/q-O-Cf3biUk?si=GcLtx6mjB-Yjo4hQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marg‘ilonda “Yangi O‘zbekiston” qurilishi boshlandi (+video)