Marg‘ilonda “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda (+video)
Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hududida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi zamonaviy shaharsozlik uslublari asosida bunyod etilmoqda. Ayni paytda bu yerda 8 ta 16 qavatli va 9 ta 12 qavatli uylar qurilib, tashqi va ichki bezak ishlari yakunlanmoqda.
Shuningdek, mazkur massivda 990 o‘rinli maktab, 330 o‘rinli bog‘cha, kunlik 250 bemorni qabul qilish imkoniga ega poliklinika va yerto‘la qismida avtoturargoh qurilmoqda. Ichki yo‘llarda yashil hududlar, piyodalar va veloyo‘laklar, nogironlar uchun alohida harakatlanish yo‘laklari tashkil etilgan. Xonadonlar markazlashgan isitish tizimi va quyosh panellari bilan jihozlanadi.
Shaharcha qurilish ishlarida xitoylik va rossiyalik investorlar ham ishtirok etmoqda. Jumladan, Xitoyning “WENY ESTATE DEVELOPMENT” kompaniyasi 7 ta 16 qavatli uy qurilishida qatnashmoqda va viloyat bo‘ylab yana 20 ta uy qurishni rejalashtirgan.
[gallery-26498]
Yaqin kelajakda ushbu shaharcha viloyatning turizm va yashash markazlaridan biriga aylanishi, zamonaviy infratuzilma va qulay sharoitlar bilan aholi uchun qulay muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/svfG6Cc1jXY" title="Marg‘ilonda “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA