Mardlik va shijoat bahsi
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha maxsus qismlarning xizmat burchini o‘tash chog‘ida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy turnir bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha maxsus qismlarning xizmat burchini o‘tash chog‘ida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy turnir bo‘lib o‘tdi.Mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, xizmat burchini ado etish paytida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz nomlarini yodda tutish, ularning oila a’zolariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimiy e’tiborda.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Turnirda Bobur Rahmatov, Bobur Qurbonov, Hasan Bozorov, Abdujalol Jumamurodov, Bahrom Bozorov, Rustam Magdiyev, Rahmonali Nishonboyev, Maks Mamashokirov, Umar Jo‘rayev, Davron Avvalboyev, Jahongir Mansurov, Sardor Najimov o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.