Mardlik va jasorat bobida tengsiz
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakat hayotining boshqa jabhalari bilan bir qatorda harbiy sohaning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga mos qarorlar qabul qilingani, amalga oshirilgan tizimli va strategik kompleks chora-tadbirlar natijasida qisqa davr ichida milliy armiyamizning jangovar shayligi va mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshganini ta’kidladilar.
[gallery-13433]
Tadbir doirasida mardlik va jasorat bobida safdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak darajali davlat mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA