O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari poytaxtimizning “Qo‘yliq”, “Eski Jo‘va” bozorlarida, Toshkent tumanining Keles shahrida bo‘lib, viloyatlardan ish izlab kelgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rgandi.

Ayollar mardikorlik qilishi sababini viloyatlarda taklif qilinayotgan ish o‘rinlari uchun to‘lanadigan oylik maosh kamligi, markaziy shaharlarda ularning xizmatiga yuqoriroq narx to‘lanishi, aksariyat hollarda turar joyga ehtiyoji borligi, to‘y qilish va uy-joylarini ta’mirlash, farzandlarining kontrakt pulini to‘lash, bemor yaqinlarini davolatish uchun katta mablag‘ zarurligi bilan izohladi.

– Hech bir ayol oilasidan uzoqda, farzandlarini qarovsiz qoldirib, issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan sarson umr kechirishni istamaydi, – dedi qashqadaryolik Zebo ismli ayol. – Ikki yildan buyon mardikor bozoriga chiqaman. Uyda voyaga yetmagan ikki bolamga keksa, kasalmand onam qaraydi. Turmushim buzilgan, ma’lumotim yo‘q. Mahalladan moddiy yordam olish oilam muammosini hal etolmaydi. Uyim yo‘q. Bugun Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari kelib biz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mas’ul tashkilotlarga ishonchimiz qolmagan. Bu faqat mening emas, suhbatlashib ko‘rsangiz, bu yerdagi ko‘pchilik ayollarning dardi. Yurtimiz tinchligiga shukr qilamiz, faqat mardikor ayollarning ham “dardiga darmon” topilsa, biz ham o‘z uyimizda o‘tirib, farzandlarimizni mehr bilan tarbiyalasak. Yurt koriga yaraydigan insonlar qilib o‘stirsak...

Muloqot yakunida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ayollarning bu kabi muammolarini hal etishga ko‘maklashdi.

O‘rganishlar natijasi bozorlarda azob bilan pul topayotgan, nozik jussasiga tog‘dek tashvishni ortib olgan mardikor ayollarning farovon hayotiga xizmat qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mardikor ayolning dardiga darmon bormi?
Жамият
16:35 / 23:09:2019