Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabada O‘zbekiston, Vodil norg‘ul yigitlarining ham hissasi bor. Vodildagi bir oila farzandlari – Mirzakamol, Islomjon va Hotamtoylardan qora xat kelganida Orifjon o‘n yetti yoshga kirgan edi. 1943 yil kuzida u ham ko‘ngilli bo‘lib urushga ketdi.

Bir yildayoq Sobir Rahimov dviziyasida tank boshqaradigan bo‘ldi. 1945 yil bahorida esa fashistlar uyasi Berlinga tank minib mardona kirib bordi. Ko‘rsatgan jasorati uchun bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi.

Urushdan keyin esa uzoq yillar traktorchilik qildi. Mana endi el-yurt, farzandlari va Prezident ardog‘ida.  

9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bugun  erta tongda Orifjon ota Mo‘minov yashaydigan mahallada o‘zgacha boshlandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida Sharqiy harbiy okrug hamda viloyat idoralari rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari urush qahramonini sharaflagani keldi.

Orifjon ota Mo‘minovga O‘zbekiston Prezidenti yo‘llagan tabrik o‘qib berildi. Unda Orifjon ota urush maydonlarida ko‘rsatgan jasorat yuksak baholangan va ularning hayoti zamondoshlari, yoshlarga ibrat bo‘lib qolishi ta’kidlanadi.

Shuningdek, Orifjon otaga Prezidentning shaxsiy sovg‘asi – pul mukofoti ham topshirildi.  

Bir piyola choy atrofida tinchlik-osoyishtalik qadri, mamlakatdagi islohotlar tashkilotchisi Prezident sa’y-harakatlari haqida so‘z bordi.

Tirik tarix vakili Orifjon ota Mo‘minov yurtga, elga omonlik tilab davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

Bugun viloyatdagi yana besh nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazildi.

Farg‘onadagi xotira xiyoboni erta tongdan odamlarning ehtirom maydoniga aylandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov motamsaro ona haykali poyiga bahor gullarini qo‘ydi. Harbiylar, davlat idoralari vakillari, shahardagi barcha mahalla ahli, jamoat tashkilotlari uzluksiz  bu qutlug‘ dargohni  yo‘qlab kelmoqda.

Barchaning fikru o‘yida bugungi baxtli kun uchun jon fido qilgan vatandoshlariga hurmat bajo keltirish, ularning qalblarida orzu-umidlariga hayot baxsh etish, ruhlari qarshisida ta’zim qilish edi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RN54UYGpSm8" title="Mard o`g`lonlar jasorati hech qachon unutilmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mard o‘g‘lonlar jasorati hech qachon unutilmaydi (+video)