O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar hamkorligida harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari uchun "Mard askarga sovg‘a" ruknida kitoblar chop etilib, taqdim etib kelinmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va kursantlari uchun "Mard askarga sovg‘a" kitobining taqdimot marosimida ishtirok etgan Milliy gvardiya vakillari, yozuvchi va shoirlar, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, "Temurbeklar maktabi" hamda Harbiy musiqa akademik litseyi tinglovchilari mazkur ijodiy loyihaning mamlakatimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritishdi.

Nashr etilgan "Mard askarga sovg‘a" kitoblari harbiy xizmatchilar, askarlar va kursantlarning doimiy hamrohiga aylanib, ularda milliy adabiyotimizga ehtirom, ona Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga, xalqimiz farovonligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz va qahramon yurtdoshlarimizga munosib bo‘lish fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tayyorlangan “Mard askarga sovg‘a” nomli kitoblari o‘z egalariga topshirildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vPKCkTxcoXI" title="&quot;Mard askarga sovg‘a&quot; kitobi taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev,  

X.Abrayqulova, A.Sodiqov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Mard askarga sovg‘a" kitobi taqdimoti o‘tkazildi