O‘zbek va polyak xalqlari o‘rtasidagi aloqalar ko‘p yillik tarixga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ilk polyaklar XIX asr ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida paydo bo‘lgan. Toshkentda 1895 yil birinchi polyak maktabi va kutubxonasi, 1897 yil polyak jamiyati madaniyat markazi tashkil etilgan. 1912 yil esa rim-katolik cherkovi qurilishi boshlangan.

Millatlararo totuvlik, hamjihatlik, do‘stlik va bag‘rikenglik rishtalari mustahkam qadrlanadigan diyorimizda polyak xalqining noyob ma’naviy merosi, madaniyati, ana’nalari, urf-odati, tili va tarixini saqlab qolish, rivojlantirish hamda o‘sib kelayotgan kelajak avlodga yetkazish maqsadida 1992 yil iyun oyida “Svetlitsa Polska” polyak madaniyat markazi tashkil etilgan. Hozir yurtimizda besh mingga yaqin ushbu millat vakillari istiqomat qilmoqda.

Polsha bilan savdo-iqtisodiy aloqa mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardanoq yo‘lga qo‘yilgan. 1992 yil Varshavada ikki mamlakat o‘rtasida “Iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq to‘g‘risida”gi shartnoma tuzilgan.

Quvonarlisi, bugungi kunda O‘zbekiston va Polsha munosabatlari turli darajadagi muntazam va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot samarasi o‘laroq, ko‘plab yo‘nalishlarda jadal rivojlanmoqda. Har ikki tomon siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan va ta’lim sohalardagi faol aloqalarni kengaytirishdan birdek manfaatdor.

Anglaganingizdek, “Diplomatik rakurs” loyihasining navbatdagi mehmoni – Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Marchin Vakar. 

– Xabaringiz bor, 2025 yil Polsha Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilmoqda. Bu davrda biz Markaziy Osiyo bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, ayniqsa mintaqadagi yetakchi davlatlardan biri hisoblangan O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Hozirgi kunda Polsha va O‘zbekiston munosabatlari savdo almashinuvi, madaniy aloqalar va siyosiy muloqot jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Polsha O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida qaraydi. Muntazam tus olgan maslahatlashuv formati davlatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta’minlamoqda. Xalqlarimizni bog‘lab turuvchi teran aloqalar ramziga aylangan mashhur xonanda Anna German merosining o‘ziyoq madaniy aloqalarimiz ko‘lami haqida tasavvur berishi mumkin.

Umuman olganda, aloqalarimiz boy tarixga ega. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari hamda o‘tgan asr 30-yillarida Polshaning ayrim hududlari sobiq sovet tuzumi ta’sirida bo‘lgani tufayli, ko‘pchilik polyaklar yashash uchun O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari hanuz shu mehmondo‘st zaminda umrguzaronlik qilmoqda.

Tarixdan ayon – 1942 yil respublika hududida general Vladislav Anders armiyasi shakllantirilgan. O‘shanda minglab surgun qilinganlar Sibirdan kelib, Gitler Germaniyasiga qarshi kurashish uchun birlashgan. Keyinchalik bu qo‘shin Eron orqali Italiyaga borib, Monte-Kassino yaqinida jang qilgan. Xullas, juda ko‘p sobiq askarlarimiz keyin O‘zbekistonga qaytib, abadiy shu zaminda qolgan. Hozir mamlakatning 17 joyidagi qabristonlarda 3 mingga yaqin polshalik harbiy dafn etilgan.

O‘zbekistonda tug‘ilib, voyaga yetib, keyinchalik san’atkorlik faoliyatini Polshada davom ettirgan Anna Germanning ruhi mudom ikki mamlakatni, xalqlarimizni birlashtirib turadi. O‘tgan yil Toshkent shahridagi “Istiqlol” san’at saroyida uning qo‘shiqlaridan tuzilgan navbatdagi konsert bo‘lib o‘tdi. Dasturda Polsha, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ukraina san’atkorlari tomonidan Annaning umri boqiy asarlari kuylandi. Elchixona tashabbusi bilan taklif etilgan polshalik ijodkorlar Toshkentda jazz festivalida ham ishtirok etdi. 2024 yil Polshada suratga olingan film kinofestival doirasida namoyish qilindi. Ijodkorlarimiz tasvirga olgan mashhur “Chłopi” lentasi poytaxt kinoteatrlarida ham qo‘yildi.

Hamkorligimizning yana bir ustuvor yo‘nalishi – ta’lim. “Study in Poland” dasturi O‘zbekiston ta’lim bozoridagi ishtirokini mustahkamlamoqda. Bizning yurtimizda tahsil olayotgan o‘zbek talabalari soni yil sayin ortib, ayni payt 2100 dan oshgan.

Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Polshadagi oliy ta’lim muassasasi bilan qo‘sh diplom dasturi asosida o‘qimoqda. Poytaxtdagi TEAMS universitetida o‘zbekistonlik yoshlarning biznes sohasidagi bilimini chuqurlashtirish imkonini beruvchi ikki tomonlama MBA diplomi dasturi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Varshavadagi Leon Kozminskiy akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Polsha – O‘zbekiston tarix komissiyasi ikki davlat olimlarining umumiy tarixni o‘rganish, tarixiy manbalarni izlash, o‘zaro material almashish, qo‘shma tadqiqot o‘tkazishga qaratilgan faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Shu o‘rinda migratsiya mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchi edim. Aytish joiz, ayni yo‘nalishda biz o‘tish davrini boshdan kechiryapmiz. Aniqrog‘i, hozir Polshada migratsiya bo‘yicha yangi siyosat joriy etilmoqda. Eng muhimi, tadbirkorlarimiz o‘zbekistonlik migrantlar haqida juda yaxshi fikr bildirmoqda. Mas’ullarimiz hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichini tezlashtirib, jarayonni tartibga keltirishyapti. Tez orada aloqalarimiz keskin ijobiy tomonga o‘zgarishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda savdo aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. Ma’lumki, O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari mamlakat eksportida yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. Polsha esa bu borada Yevropadagi eng yirik importchi sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekistonga Polshadan kirib kelayotgan parranda go‘shti va qo‘shimchalar, shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek sabzavot – asosan kartoshka va yem miqdori ortmoqda. Umuman, tadbirkorlarimizning mamlakatingizga qiziqishi kuchaymoqda. Elchixonaga ishbilarmonlar tomonidan hamkorlik o‘rnatish imkoniyati haqida juda ko‘p murojaat tushyapti. Qolaversa, o‘tgan yil mart oyida Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yilgani ham hamkorlikni chuqurlashtirish sari tashlangan dadil qadam bo‘ldi.

Polshaning LOT aviakompaniyasi COVID-19 pandemiyasidan keyin mintaqa bilan aloqa o‘rnatgan Yevropa qit’asidagi ilk operator hisoblanadi. Dastlab haftasiga 3 marta amalga oshirilgan reyslar keyinchalik 4 taga yetkazildi. Bu ham aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatlarimiz orasidagi nisbatan yiroq masofaga qaramay, qalban bir-biriga yaqin xalqlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik rishtasi mustahkam. Ikki davlat rahbarlari olib borayotgan oqilona siyosat esa do‘stligimizni yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FAnv5ljmUhg" title="Marchin Vakar: Oʻzbekiston – Polsha uchunMarkaziy Osiyodagi asosiy hamkor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Go‘zal Sattorova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Marchin Vakar: O‘zbekiston - Polsha uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkor" (+video)