Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Sayrob mahallasida sportning velo va yugurish turlari bo‘yicha 8 kilometr masofaga “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafoni o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi "Uzundara" arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq tumandagi "Uzundara" arxeologiya yodgorligini yanada keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan musobaqaning velomarafon yo‘nalishida 50 ga yaqin, yugurish bellashuvlarida 150 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida 2022 yildan boshlab, har uch yilda bir marta avgust oyining uchinchi haftasida “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafoni tashkil etish belgilangan, Shunga muvofiq o‘tkazilgan velomarafonda faxrli 1-o‘rinni Toshkent viloyatidan Azimbek Abdullayev, 2-o‘rinni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanilik Allamurod Rahmonov va 3-o‘rinni Termiz shahri vakili Raman Islomov egalladi. Yugurish bo‘yicha Sariosiyo tumanilik Shohruh Davlatov 1-, Termiz shahridan Yevgeniy Fadeyev va Sharofiddin Xolmirzayevlar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Boysun tumanidagi “Uzundara” istehkomi “Temir darvoza” dan 10 kilometr janubi-g‘arbda, Ko‘hitang tog‘lari cho‘qqisida joylashgan yodgorlik bo‘lib, u Baqtriya va So‘g‘d chegarasida shimoliy hududdagi mudofaani ta’minlagan muhim strategik ob’ekt sanalgan. Bu tarmoq tarkibiga nafaqat qal’alar, balki Suvsiztog‘ orqali Qashqadaryo cho‘llaridan Surxon va Sho‘rob vohasiga o‘tadigan joylarni yopadigan Darband devori va boshqa devorlar ham kirgan.

Maydoni 1 ming 700 kvadrat-metr yerni egallagan yodgorlik qal’asi to‘liq ochib o‘rganildi. Qal’a tarkibiga mudofaa devorlari va mustahkam to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi minoralar kabi mustahkam fortifikatsiya inshootlari kirgan. Bu yerda joylashgan asosiy me’moriy inshootlarning tarixi aniqlandi. Ular 3 ta yerto‘lali mahobatli qoya majmuasi, uning atrofidagi tekislangan maydon, eni 9 metr mudofaa devori ichki yo‘laklari bilan mudofaa devorlari bo‘ylab qurilgan turar joy va xo‘jalik xonalari, ularga taqab qurilgan ombor va xumxonalardan iborat. Qal’aning tarxi cho‘ziq tuxumsimon shaklda bo‘lgan.

Yunon-Baqtriya tarixini o‘rganishda birinchi marta ishonchli sanalgan stratigrafik qatlamlardan minglab shakllar hosil qilgan sopol ashyolar parchalarining boy majmuasi olindi. Oshxona idishlari orasida yunon uslubida yasalgan baliq likobchalari, turli xil kosa va piyolalar uchraydi. Ko‘plab turli hajm va shakldagi suv tashish uchun foydalanilgan idishlar, flyagalar topilgan. Pastki qatlamlardan yakka holda Ahamoniylar davriga oid sopol buyumlar, xo‘jalikda ishlatilgan idishlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, ohak va alebastr qoldiqlari uchraydi.

Ba’zi idishlarda tamg‘a va yozuv bo‘laklari mavjud. Xo‘jalik va oshxona idishlariga bitilgan yozuvlardan qal’a aholisi yunon tilidan foydalanganini bilish mumkin. Qal’a yerto‘lalarida va boshqa xonalarda Megar kosalari parchalari topilgan. Yana bir idishda chirmashgan pechak va uzum shingillari tasvirlangan. U ham chetdan keltirilgan mahsulot hisoblanadi.

Arxeologlarning fikricha, Uzundara qal’asi o‘ziga xos “chegara zastavasi” bo‘lgan. Bu yerda yashagan chegara otryadlari Suvsiztog‘ va Darbanddagi chegara hududlarini qo‘riqlash uchun piyoda jo‘nashgan.

Uzundara qal’asidan topilgan qurollar majmuasida harbiy kontingentning turli xil aslahalari uchraydi. Yodgorlik hududidan 400 dan ortiq nayza uchlari, 300 dan ortiq palaxmon toshlari, nayzalar, bronza va temir sovut bo‘laklari, ot abzallari topilgan. Bu qurollar majmuasi Yunon-Baqtriya chegara qo‘shinlarining asosan yengil qurollar bilan ta’minlanganini bildiradi. Yodgorlikdan topilgan bronzadan yasalgan qadimiy nayza uchlari hudud Ahamoniylar imperiyasi davrida o‘zlashtirilganidan darak beradi.

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros, viloyat sport bosh boshqarmalari, Boysun tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan ilk musobaqada birinchi o‘rin sohiblariga ming, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga 500 va 300 dollar miqdorida pul mukofotlari, kubok, medal va diplomlar topshirildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marafon “Uzundara” arxeologik yodgorligi targ‘ibotiga bag‘ishlandi