O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda saylovoldi dasuturi haqida gapirar ekan, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

– Pandemiya zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni ochib berdi. Biz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga xalaqit berayotgan to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘ramiz. Fuqarolarimizning salomatligi biz uchun asosiy ustuvor masaladir. Mamlakatning barcha hududlarida tibbiy xizmat ko‘rsatishda bir xil sharoit va kafolatlar berilishi shart, deb hisoblayman.

bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida 92 oilaviy poliklinika, 110 ta qishloq vrachlik punktlari aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Oilaviy poliklinikalarda 1 ming 428 nafar vrachlar xizmat qilmoqda. Viloyatda oilaviy poliklinikalarda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj 273 nafarni, QVPlarda esa 139 nafarni tashkil etadi. Bu nima degani? 

Demak mana shu poliklinika va QVPlarda aholimizga to‘laqonli tibbiy yordam ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Chunki vrach yo‘q. Biz qachonki, vrachlarni to‘liq o‘z o‘rniga qo‘ysakgina u yerdan biz sifatli, samarali va malakali tibbiy yordam olamiz. Demak mana shu joylarda vrachlar uchun zarur sharoitlar yaratilishi kerak. Nima uchun Qashqadaryoning bolasi borib oliy ta’limda yetuk vrach bo‘lib yetishadiyu joyiga qaytib kelmaydi. Mana shu joyda sharoit yo‘qligidan qaytib kelmaydi.  

Barcha tibbiyot muassasalarida bepul taqdim etiladigan, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar ro‘yxatini qonuniy jihatdan mustahkamlash, sohada malakali kadrlar, yangi uskunalar, tashxis va davolash usullari bilan ta’minlash bo‘yicha hal qiluvchi choralar zarur.  

Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda “aholi jon boshiga” va “davolangan holat uchun” tamoyillarini joriy etish kerak. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning manzilli va samarali usullarini tatbiq etish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish asosiy vazifam deb o‘ylayman. Olis va chekka hududlarda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” dasturi amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim, maktablar va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida “Sog‘lom hayot” dasturi bo‘yicha fakultativ kurslar tashkil qilish zarur.  

Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida dasturda keyingi 5 yillikda tug‘ruqxonalardagi shifo o‘rinlarini kengaytirish, ularni zamonaviy tibbiy jixozlar va vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq reja ishlab chiqiladi.

Tibbiy xodimlarning sha’ni, sog‘lig‘i, qadr qimmatini oyoq osti qiluvchilar, xizmat vazifasini bajarishga qarshilik ko‘rsatuvchilarga nisbatan qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilash maqsadida jinoiy javobgarlik to‘g‘risida qonun qabul qilinadi.

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsuda Vorisova: “Aholining barcha qatlamlariga yuqori sifatli va to‘laqonli tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish lozim”