Bugungi kunda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 42 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qilmoqda. Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va ish bilan bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, mahallalarda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, oilalarning daromadini oshirish borasida samarali natijalarga erishilmoqda. Shu yo‘nalishdagi tashabbuslardan biri Mustaqillik mahallasida yashovchi Umidjon Aminov faoliyatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. U mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magida imtiyozli bank krediti asosida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sexini ishga tushirdi.

Bugungi kunda mazkur sexda 4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular “Ustoz-shogird” an’anasi asosida faoliyat yuritmoqda. Eng e’tiborlisi, ushbu ishga jalb etilganlarning 2 nafari yaqinda mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlardir.

Umidjon Aminov shuningdek, parrandachilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Hozirda 20 dan ortiq kurka parvarish qilmoqda. Har biri o‘rtacha 8-10 kilogramm go‘sht berishini inobatga olganda, oilasiga 10 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad keltirmoqda. 

– Rejalarim juda katta. Bugun davlat rahbari tomonidan biz kabi yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanyapman. Atrofimga mahallamizdagi ishsiz yoshlarni jamlab, ularga hunarimni o‘rgatyapman. Ularni ham tadbirkorlikka qiziqtirib, o‘zining biznesini ochishga da’vat etyapman, – deydi Umidjon Aminov. 

Har bir mahalla kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ular tuman korxona, muassasa va tashkilotlarga biriktirilgan. Har bir yosh uchun individual rivojlanish dasturi ishlab chiqilib, ularning ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish