Iste’molchiga sifatli xizmat ko‘rsatish davomida ularning xavfsizligini ta’minlash gaz ta’minoti korxonasi oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

– Gaz balonlari har besh yilda sinovda o‘tkaziladi, – deydi gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Aziz Rasulov. – Ularning muhri qayd etilib, to‘liq ta’mirlangan holda yetkaziladi. Faoliyat olib borayotgan uchta sinov sexida o‘tgan 2024 yilda 54 185 dona gaz baloni sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa,  joriy yilning dastlabki choragida umumiy hisobda 12 899 dona gaz balonida sinov jarayonlari olib borildi.

“Vobkent” gaz to‘ldirish shoxobchasida joriy yilning uch oyi davomida 4502 dona gaz baloni sinovdan o‘tkazildi. Ushbu sinov sexlari joylarda iste’molchilarning maishiy gaz balonlaridan foydalanishda xavfsizligini ta’minlash, ularga ajratilgan suyultirilgan gazni to‘liq hajmda, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, chilangarlar tomonidan amaliy ishlar tezkorlik bilan samarali olib borilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir