Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Parravshan trans” MCHJ 2010 yildan o‘z faoliyatini boshlab, hozirda chorvachilik va parrandachilik sohasida o‘z o‘rniga ega.

Dastlab kichik hajmda faoliyatini boshlagan korxona parranda va chorva mollari sonini ko‘paytirish maqsadida Xalq bankidan 12 milliard 300 million so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak olgan. Bu ko‘mak korxonaning faoliyat ko‘lamini kengaytirib, chorvachilik va oziq-ovqat sanoati rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.  

Korxonada 40 nafar xodim ish bilan ta’minlangan bo‘lib, yillik daromad 5,6 milliard so‘mni tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilinganligi sabab, mahsulotlarning sifati talabga javob beradi.  

Kelgusida “Parravshantrans” MCHJ sutni qayta ishlash liniyasini ishga tushirib, mahsulotlarni yanada ko‘proq ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bu nafaqat ichki bozor talablarini qondirish, balki tashqi bozorga ham yetkazib berish imkonini yaratadi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – tashqi bozorga chiqish