Joriy yilning 1-9-aprel kunlari Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada ko‘plab mamlakatlardan bir yarim ming sportchi bahslashadi.

Joriy yilning 1-9-aprel kunlari Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada ko‘plab mamlakatlardan bir yarim ming sportchi bahslashadi. Chempionatni yuqori saviyada tashkil etish va unda sportchilarimizning munosib ishtirok etishi uchun puxta taraddud ko‘rilmoqda.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida sportchilarimiz Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan qilichbozlik bo‘yicha ham yuqori natijalarga erishmoqda.

2014-yilning may oyida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Aleksandr Roman bronza medalni qo‘lga kiritgandi. Iyun oyida Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda sportchilarimizdan Gulmira Ziyoyeva oltin, Zilola Ilyosova kumush medal bilan taqdirlandi. Singapurda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda terma jamoamiz a’zosi Yevgeniy Konovalov kumush medal sohibi bo‘ldi. Parij shahri mezbonlik qilgan Gran-pri turnirida ham qilichbozlarimiz munosib ishtirok etdi.

Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining jamoaviy bahslarida Fayzullo Alimov, Sanjar Sobirov, Sanjar Alimov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bahslarida Malika Hakimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bunday muvaffaqiyatlar ushbu sport turining yoshlarimiz orasida tobora ommalashayotganidan dalolatdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda sakkiz yuz nafarga yaqin yigit-qiz qilichbozlik bilan shug‘ullanmoqda. Ulardan 50 nafari terma jamoamiz tarkibida mashg‘ulot olib bormoqda.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga qarashli sport majmuasida ikki yuzga yaqin sportchi mashg‘ulot olib boradi. Qilichbozlik bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Pelix hamda 25 nafar tajribali murabbiy yoshlarga mazkur sport sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.

2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari ham qilichbozlarimiz uchun muhim sinovdir. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori asosida sportchilarimiz mazkur nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rayotir.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash, joylarda yoshlarning qilichbozlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitni yanada yaxshilash, sportchi va murabbiylarning tajriba va mahoratini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Musobaqaoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yurtimiz va xorijdagi bazalarda tashkil etilmoqda. Bu kabi ishlar sportchilarimizning Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad sari harakat – muvaffaqiyat garovi