Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalasi yuzasidan ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari uchun maxsus press-tur uyushtirildi.
Ayni kunda Rishton tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida soha mutaxassislari o‘rganish va xatlov ishlarini amalga oshirmoqda. Shuningdek, amaldagi tartib asosida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va xo‘jalik inshootlariga huquqlarni qay tarzda e’tirof etish mumkinligi, bu jarayonda aholidan qaysi hujjatlar talab qilinishi va qanday bosqichlardan o‘tishi zarurligi haqida atroflicha tushuntirishlar berilmoqda.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlari ham tinglanib, ularga huquqiy maslahatlar berildi. Shu orqali aholida yer va mulkka oid huquqiy madaniyatni oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish maqsad qilindi.
[gallery-25007]
Press-tur ishtirokchilari bevosita hududlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5DkMp5ay4aA" title="Maqsad – aholining yer va mulkka oid huquqiy madaniyatni oshirish" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA