Ustoz ijodkor, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov milliy musiqa san’atimiz ravnaqi va istiqboli, yurtimiz va xorijiy davlatlardagi targ‘iboti yo‘lida o‘z mehnatini ayamagan.

Mamlakatimizda va xorijda bo‘lib o‘tadigan musiqiy dasturlar, maqom kechalari, chet davlatlardagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ijodiy loyihalarining muvaffaqiyatli o‘tishida ustoz san’atkorning hissasi benihoya katta.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, ustoz san’atkor 1952 yil 9 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan. Bastakor, sozanda va san’at fidoyisi Abduhoshim Ismoilov o‘zbek musiqa merosining bebaho xazinasiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri.

G‘ijjak sozida boshlagan ijodiy yo‘lini Farg‘ona musiqa bilim yurtidan Toshkent davlat konservatoriyasigacha davom ettirgan san’atkor To‘xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, G‘anijon Toshmatov, G‘ulomjon Hojiqulov, G‘ulomjon Ro‘ziboyev kabi Farg‘ona-Toshkent vohasi g‘ijjakchi-bastakorlarining ijro yo‘llari, bastakorlik xususiyatlarini o‘zlashtirishda tinmay mehnat qilib, o‘zining betakror uslubini shakllantirdi.

1974 yildan buyon Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansamblida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz ijodkor hozirda ansamblning badiiy rahbari sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Abduhoshim Ismoilov 500 dan ortiq kuy va ashulalar muallifi bo‘lib, uning ijodidagi “Gullola”, “Nargiz”, “Bazm kuyi”, “Mustaqillik”, “Dil nolasi”, “Nasib bo‘lg‘ay”, “Sarvinoz”, “Yorima ayting” kabi asarlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Ustoz san’atkor nafaqat milliy kuylarni, balki maqom yo‘llari va klassik shoirlar g‘azallariga asoslangan musiqiy namunalarni ham yuksak did bilan yaratgan.

Bastakor o‘z ijodida so‘z, kuy va talqin uyg‘unligini ta’minlashga  ustuvor tamoyil sifatida yondashadi. Aynan shu yondashuv uning asarlarini uzoq umrli, chuqur ma’noli va musiqiy jihatdan mukammal qiladi.

O‘zbek milliy musiqa san’atini rivojlantirish, maqom merosini davom ettirish va zamonaviy talqinda boyitish yo‘lida qilgan xizmatlari uchun Abduhoshim Ismoilov ko‘plab yuksak e’tirof va mukofotlarga sazovor bo‘lgan.                             

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqom san’atining fidoyi targ‘ibotchisi